
Domio-East
Rieltor
- Активные продажи
- Консультирование клиентов
- Заключение договоров
- Работа с клиентами
- Телефонные переговоры
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Русский — C1 — Продвинутый
(klientni qidirish kerak emas)
Biz – xalqaro ko‘chmas mulk agentligi "Domio Realty".
Biz O‘zbekiston, Rossiya, BAA, Turkiya va Shimoliy Kipr**da faoliyat yuritamiz.
**Kengayish munosabati bilan KO‘CHMAS MULK SOTUV BO‘YICHA AGENT lavozimiga qabul ochiq!
Mijozlarni biz taqdim etamiz, o‘zingiz izlash shart emas!
Tajriba bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar nomzodlarni ko‘rib chiqamiz!
Ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassis sifatida siz nafaqat o‘z uy-joy masalangizni hal qilish, balki daromadingizni oshirib, ko‘chmas mulkga foydali investitsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bizning xodimlar uchun takliflarimiz:
✅ Hamkorlik davomida sizga yordam beradigan ustoz-mentor;
✅ Biznes jarayonni ta’minlaydigan xizmatlar tomonidan texnik va axborot qo‘llab-quvvatlash;
✅ Korporativ mobil aloqa;
✅ Zamonaviy, qulay ofislar, eng nufuzli hududlarda joylashgan;
✅ Daromad: oyiga 1000$ va undan yuqori (cheklov yo‘q!);
✅ Jamoada sog‘lom muhit, o‘sish va rivojlanishga yo‘naltirilgan korporativ madaniyat;
✅ Treninglar, seminarlar va malaka oshirish kurslaridan o‘tish imkoniyati;
✅ Samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
Vazifalaringiz:
Mijozlar va mulk egalari bilan muzokaralar olib borish;
Mijozlarni ko‘chmas mulk narxlari bo‘yicha konsultatsiya qilish;
Oldi-sotdi jarayonini to‘liq boshqarish:
▪️ Mos keluvchi obyektlarni tanlash,
▪️ Ko‘rish uchun uchrashuvlar tashkil qilish,
▪️ Yuridik bo‘lim yordami bilan bitimlarni amalga oshirish;
CRM tizimini yuritish.
Sharoitlar:
To‘lov: bitim summasidan yuqori foiz – 50% gacha!
Ish grafigi: to‘liq bandlik, soat 10:00–19:00, haftada 1 kun dam olish.
Biz quyidagilarni kutamiz:
✔️ Ko‘chmas mulk savdosida muvaffaqiyatga erishish istagi;
✔️ Ushbu sohada bilim olishga tayyorlik;
✔️ Mijozlar bilan samarali muloqot qilish va uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish qobiliyati;
✔️ Yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va maqsadlarga erishishga intilish;
✔️ Kompyuterda ishlash bo‘yicha yaxshi ko‘nikmalar.
Agar siz ilgari quyidagi lavozimlarda ishlagan bo‘lsangiz, bu katta ustunlik bo‘ladi:
Sotuvchi-konsultant, Menejer, Administrator, Savdo bo‘limi boshlig‘i,
Bank sohasi mutaxassisi, HR-menejer, Savdo zali xodimi, Mehmonxona administratori.
Agar yangi yutuqlarga tayyor bo‘lsangiz va bizning samimiy jamoamizga qo‘shilishni istasangiz – biz bilan bog‘laning!
Murojaat qoldiring va maqsad sari harakatni boshlang!