NUR-TRADE-CAPITAL

(Sotuv manageri) Менеджер по работе с клиентами

6 500 000 - 15 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 1 года до 3 лет

Vakansiya: Sotuv Menejeri

Biz haqimizda:
NURINVEST — moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniya. Biz mijozlarga fond bozorida investitsiyalarni boshlashga yordam beramiz va halol investitsiya strategiyalarini targ‘ib qilamiz. Jamoamizga muloqot qobiliyati yuqori bo‘lgan, natijaga yo‘naltirilgan sotuv menejerlarini qidirmoqdamiz.

Majburiyatlar:

  • Telefon orqali mijozlar bilan bog‘lanish va xizmatlarni taklif qilish;
  • Mijozlarning ehtiyojlarini tushunib, ularga mos mahsulot yoki xizmatni tavsiya qilish;
  • Mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan ishonchli munosabatlarni shakllantirish;
  • Sotuv jarayonini kuzatish va ma'lumotlarni tizimga kiritish;
  • Sotuv rejalarini bajarish va oshirishga intilish.

Talablar:

  • Telefon orqali sotuv yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida tajriba (sotuv texnikalarini bilishlik)
  • Yaxshi muloqot qobiliyati va yoqimli ovoz tembri;
  • Natijaga yo‘naltirilganlik va sotuv ko‘nikmalari;
  • O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish (qo‘shimcha tillar afzallik hisoblanadi);
  • Mas’uliyatli, intizomli va jamoada ishlashga tayyor bo‘lish.

Biz taklif qilamiz:

  • Oylik maosh: (fiksa)3,000,000 so‘m + sotuvdan bonuslar (6,500,000-15,000,000)
  • Sotuv sohasida tajriba oshirish va professional o‘sish imkoniyatlari;
  • Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa muhiti;
  • O‘quv dasturlari va treninglarda ishtirok etish.

Ish vaqti: 6/1 - 8

  • Dushanbadan Shanbagacha: 9:00–18:00

Biz bilan muvaffaqiyatli karyerani boshlang!