OMINA STAR

Прораб

4 000 000 - 10 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 1 года до 3 лет

MC GROUP kompaniyasiga PRORAB (ish boshqaruvchi) kerak!


Yo‘nalish: konteyner va metallokonstruktsiyalardan turar va noturar joylar qurilishi


Asosiy talablar:

Yosh 22 yoshdan 35 yoshgacha

Qurilish sohasida kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lish (konteyner va metallokonstruktsiya bilan ishlaganlarga ustunlik beriladi)

Mas'uliyatli, tashkiliy qobiliyatga ega bo‘lish

Brigadalarni boshqara olish, obyektlardagi ish jarayonini nazorat qila olish

Chizmalar va texnik topshiriqlarni tushunish, smeta va material sarfini nazorat qilish

Qurilish jarayonida sifat va muddatlarga rioya qilishni ta’minlash

Jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qila olish qobiliyati

Ish sharoitlari:

Oylik maosh: suhbat davomida tajriba va malakaga qarab kelishiladi

Rasmiy bandlik (mehnat shartnomasi)

Faol va rivojlanayotgan kompaniyada uzoq muddatli ish o‘rni.


Ish joyi: Toshkent shahri, Qo‘yliq 5-massiv