Mars IT School

Менеджер по продажам

До 7 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 1 года до 3 лет

Mars IT School bugun Toshkentda 7 ta filial bilan 2500-3000 nafar o‘quvchiga ta’lim bermoqda. Oldimizdagi katta maqsad yil oxiriga qadar qo‘shimcha filial ochmasdan, o‘quvchilar sonini 5000 nafarga yetkazish.

Bizning jamoamizning asosiy qismi Z avlodi vakillari. Shu sababli bizda ortiqcha byurokratiya yo‘q, aksincha yangi g‘oyalar uchun keng imkoniyatlar mavjud. Har qanday tashabbus CEO bilan kelishiladi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Kelajak uchun g‘oyalaringiz bormi? Biz ularni eshitishga va siz bilan amalga oshirishga tayyormiz!

Vazifalar

Filialning kundalik ish faoliyatini samarali tashkil qilish
Sotuv menejering asosiy vazifasi filialga kelgan mijozlarning 50%-70% ga sotuv qilish.Mijozlarga ideal service ko'rsatish .
Mijoz muammolarini tez va professional tarzda hal qilish
O‘qituvchilar, savdo va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda ishlash
Moliyaviy intizomni ta’minlash (to‘lovlar, hisobotlar, xarajatlar nazorati)
CRM tizimi va ichki hujjatlar bilan ishlash

Sizdagi ko‘nikmalar

Yuqori darajadagi kommunikatsiya ko'nikmalari
Mijozlar ehtiyojini aniqlash va to‘g‘ri savollar berish

Kompyuterda ishlash (Office, CRM)
E’tiroz bilan ishlash
Stressli vaziatlarga chidamlilik
Sotuv psixologiyasi
Natijaga yo‘naltirilganlik
Tahliliy fikrlash


Kompaniya madaniyatiga mos sifatlar:
Halollik
Mas’uliyat
Xushmuomalalik
Jamoada ishlay olish
Intizom va vaqtni boshqarish
Ravon nutq va shirin ovoz
Yaxshi tashqi ko'rinish
Klassik forma va ozoda kiyinish

Biz taklif qilamiz

Rasmiy mehnat shartnomasi
Haq to‘lanadigan ta’til va kasallik varaqalari
Ish vaqti:11:00 – 20:00
6/1 ish rejimi

Bonuslar

50% chegirma — fitnes (Power Fitness)
30% chegirma — kurslar (Space Academy)
20% chegirma — ingliz tili (Cambridge LC) va ta’lim (Najot Ta’lim)
10% сhegirma — stomatologiya xizmatlariga
Yosh va do‘stona jamoa, moslashuv jarayonida qo‘llab-quvvatlash va murabbiylik
Kompaniya ichida o‘sish va rivojlanishning aniq tizimi
Kelajak imkoniyatlari
Tez rivojlanayotgan kompaniyada martaba yo‘li: Filial rahbari → Hududiy menejer → Operatsion direktor
Xodimlarimizning o‘sishi va rivojlanishiga muntazam sarmoya kiritamiz