ZARMED UNIVERSITETI
Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish mutaxassisi
-
Bandlik monitoringi: Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilarining bandligi holatini muntazam ravishda o'rganish va uning ma'lumotlar bazasini yuritish.
-
Ish beruvchilar bilan hamkorlik: Tashkilotlar, korxonalar va potensial ish beruvchilar bilan doimiy aloqalarni o'rnatish, ular bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish.
-
Bo'sh ish o'rinlari banki: Ish beruvchilardan kelib tushgan bo'sh ish o'rinlari (vakansiyalar) haqidagi ma'lumotlarni to'plash va tizimlashtirish.
-
Tadbir tashkil qilish: Ishga joylashish yarmarkalari, davra suhbatlari, seminar-treninglar va master-klasslarni tashkil etishda faol ishtirok etish.
-
Maslahat berish: Bitiruvchilarga rezume (CV) tuzish, intervyuga tayyorgarlik ko'rish va ish qidirish strategiyalari bo'yicha kasbiy maslahatlar berish.
-
Muvofiqlashtirish: Ishga joylashgan bitiruvchilarning dastlabki faoliyatini muvofiqlashtirishga ko'maklashish va ularning adaptatsiya jarayonini kuzatish.
-
Hisobot berish: Bandlik holati, o'tkazilgan tadbirlar va erishilgan natijalar yuzasidan tegishli hisobotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
-
Oliy ma'lumot (Iqtisodiyot,Inson resurslarini boshqarish, Ta'lim yoki Boshqa ijtimoiy sohalar yo'nalishi ustunlik beradi).
-
Mutaxassislik bo'yicha ish staji: Kamida3 yil ish tajribasi (Kadrlar, ishga joylashtirish agentligi yoki ta'lim sohasida faoliyat yuritish tajribasi rag'batlantiriladi).
-
Qonunchilik bilimi: O'zbekiston Respublikasining Mehnat qonunchiligi va bandlikni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardor bo'lish.
-
Axborot texnologiyalari: Kompyuter savodxonligi (MS Office dasturlari) va elektron ma'lumotlar bazalari bilan ishlash qobiliyati.
-
Aloqa ko'nikmalari: Ish beruvchilar va bitiruvchilar bilan samarali muloqot qilish, muzokara olib borish va taqdimotlar o'tkazish qobiliyati.
-
Tillar bilimi: Davlat tili (o'zbek tili) bo'yicha ravon so'zlashish va yozish. Rus yoki ingliz tillarini bilish qo'shimcha afzallik hisoblanadi.
-
Tashkilotchilik: Tadbirlarni rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati.
-
Mas'uliyat: Yuqori darajada mas'uliyatlilik va topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish.
-
Insonparvarlik: Xodimlar va bitiruvchilar bilan ishlashda ijobiy munosabat, sabr va xushmuomalalik.
-
Barqaror va o‘sib borayotgan kompaniyada ishlash.
-
Do‘stona va natijaga yo‘naltirilgan jamoa.
-
Qulay ish muhiti va barcha zarur ish sharoitlari ta’minlanadi.
-
Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy bandlik.
-
Raqobatbardosh ish haqi.
-
Malaka oshirish va kasbiy o‘sish imkoniyatlari mavjud.