ZAMIN TRADE RETAIL
SMM/kontent menejer
- SMM
- Разработка контент-плана
- Контентная стратегия
Vakansiya: SMM/Kontent Menejeri (Supermarket tarmog‘i)
Joylashuv: Toshkent viloyati, G’azalkent shahri (Toshkent shahridan 50 km)
Bandlik turi: To‘liq stavka (Full-time)
Yo‘nalish: Supermarket / FMCG / Retail marketing
Lavozim haqida:
Biz supermarket tarmog‘imizning raqamli kommunikatsiyasini rivojlantira oladigan, tizimli ishlaydigan va kreativ fikrlovchi SMM menejerini izlayapmiz. Ushbu lavozim kompaniyaning onlayn imiji, aksiya/kampaniyalarning digital qo‘llab-quvvatlanishi va SMM strategiyasining to‘liq boshqaruviga mas’ul bo‘ladi.
Asosiy mas’uliyatlar:
Kontent va kommunikatsiya boshqaruvi
- Brendga mos yillik va oylik SMM-kontent strategiyasini ishlab chiqish.
- Instagram, Telegram va boshqa platformalar uchun tizimli kontent reja tuzish.
- Bayram, aksiyalar, chegirmalar, maxsus promolar uchun kontentni rejalashtirish va boshqarish.
Digital marketing jarayonlari
- Onlayn kampaniyalarni SMM orqali qo‘llab-quvvatlash.
- Bannerlar, video roliklar va promo materiallar uchun texnik topshiriqlar tayyorlash.
- Offline (ATL&BTL) marketing bilan online kontentni integratsiya qilish.
Jamoa bilan ishlash
- Dizayner, kopirayter va boshqa ijrochilarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
- Marketing va kategoriya, savdo bo‘limlari bilan yaqin hamkorlikda ishlash.
Analitika va monitoring
- SMM ko‘rsatkichlari bo‘yicha oylik tahlillar (reach, ER, CTR va boshqalar).
- Kampaniyalar trafigidan savdoga konversiyani kuzatish.
- Kampaniya natijalariga asoslangan optimizatsiya takliflarini ishlab chiqish.
Talablar:
- SMM yoki kontent menejment yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi (retail/FMCG tajribasi afzal).
- Kontent strategiya ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalar: kreativlik, biznes vazifani tushunish, amalga oshirish
- Analitika vositalari va reklama tizimlari bilan ishlay olish.
- Jamoaviy va funksional bo‘limlararo ishlash qobiliyati.
- Tizimli fikrlash, vaqtni boshqarish, prioritetlarni aniq belgilash qobiliyati.
- O‘zbek va rus tillarida savodli va aniq yozish ko‘nikmasi.
Asosiy KPI: (suhbatda muhokama qilinadi)
- Kontent rejasining 100% bajarilishi.
- Oylik SMM ko‘rsatkichlarining o‘sishi (reach, engagement).
- Kampaniyalarning CTR va konversiya ko‘rsatkichlari.
- Digital orqali jalb qilingan trafik va savdoga ta’sir ko‘rsatish.
- Jamoa ichidagi vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishi.
Biz taklif qilamiz:
- Aniq vazifalar va KPI: maqsadlar, muddatlar va kutilmalar aniq belgilangan.
- Zarur resurslar: natijaga olib boriladigan muhim resurslar beriladi.
- Professional ishonch: qarorlarga hurmat va keraksiz aralashuvsiz ish muhiti
- Barqaror jarayonlar: oldindan rejalashtirilgan kampaniyalar, o‘zgarishlar to‘g‘risida vaqtida xabar.
- Rivojlanish imkoniyati: o‘qish, o‘sish va o‘z sohasida malakali jamoa bilan ishlash.
- Qulay ofis sharoiti va raqobatbardosh ish haqi(suhbatda aytiladi)
Murojaat qilish tartibi:
Rezyume va portfolioni quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:
Telegram: @alsahiy_uz