Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

“Statistika” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Не указана
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 1 года до 3 лет

Umumiy qoidalar

- Kafedra katta o‘qituvchisi kafedra mudiri va institut rahbariyatiga bo‘ysinadi.

- O‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Milliy statistika qo‘mitasining qaror va buyruqlariga, Institut Ustaviga, Institut direktorining buyruqlariga hamda mazkur Yo‘riqnomaga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti kafedra katta o‘qituvchisining vazifa va funksiyalari

- Institut rahbariyatining buyruqlari va ko‘rsatmalari hamda institutning ichki mehnat tartibi qoidalariga amal qiladi.

- Statistika kafedrasi katta o‘qituvchisining vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat:

rejaga asosan o‘quv, ilmiy–metodik, ilmiy–tadqiqot ishlarini olib borish;

kafedra mudirining kafedra faoliyati bo‘yicha ko‘rsatma va buyruqlari bajarilishini tashkil qilish;

rejada ko‘zda tutilgan uslubiy tadqiqotlar, nashr ishlari, ijtimoiy tadqiqotlar olib borish;

o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy - uslubiy va kasbiy darajada, innovatsion usullarni qo‘llagan holda o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

amaldagi davlat ta’lim standartiga (davlat talablariga) mos darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlashda hammualliflikda ishtirok etish;

zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan foydalanib turli tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish;

kafedraga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

kafedra ish rejasini tuzishda qatnashish;

kafedra faoliyatini mukammallashtirish uchun metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish;

o‘z malakasini oshirish ustida doimo ishlash;

bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash;

rejada ko‘zda tutilgan metodik tadqiqotlar, nashr ishlari, ijtimoiy tadqiqotlar olib borish;

adabiyotlar bilan ishlash, zamonaviy axborot texnologiyalari va internetdan foydalanib turli tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish;

kafedra hodimlariga doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatish;

zarurat tug‘ilganda kafedra dotsenti vazifasini bajarish;

guruhlar bo‘yicha kuratorlik (guruh rahbari) vazifalarini bajarish;

test sinovlari o‘tkazish va natijalari nazoratini yuritish;

institut miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;

rasmiy statistika sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim talablari va o‘qitish jarayonini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv - uslubiy materiallar (o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, taqdimot materiallari, test savollari, adabiyotlar ro‘yxati) ishlab chiqilishini (shu jumladan, elektron formatda) tashkil etishda qatnashadi;

masofadan (onlayn) o‘qitish shaklida tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv rejasidagi o‘quv modullari bo‘yicha elektron kontentlarning yaratilishini tashkil etishda qatnashadi;

belgilangan tartib va muddatlarda joriy o‘quv yildagi faoliyati bo‘yicha hisobotini tayyorlaydi, kafedra majlisida hisobot beradi.

Talab va malakalar:

- Statistika va iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr va ilmiy daraja) ega bo‘lish;

- Ilmiy loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

- Chet tilini (Rus tili va ingliz tillari) bilish;

- Oliy o‘quv yurtlarida 1-3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lish