Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике
STATISTIKA TADQIQOTLARI VA INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘LIMI ETAKCHI MUTAXASSIS
Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti - Bo‘lim yetakchi mutaxassisining vazifa va funksiyalari :
- Institut rahbariyatining bo‘lim faoliyati yo‘nalishidagi buyruqlari va ko‘rsatmalari hamda Institut ichki mehnat tartib qoidalariga amal qiladi.
- Bo‘lim yetakchi mutaxassisining vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat:
- bo‘lim boshlig‘ining bo‘lim faoliyati bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalari bajarilishini ta’minlash;
-bo‘limning yillik ish rejasini tuzishda ishtirok etish;
- bo‘limning yillik ish rejasida ko‘zda tutilgan statistika tadqiqotlarini va innovatsion ishlanmalar doirasida, shuningdek ijtimoiy va iqtisodiy masalalarga doir tadqiqotlarni olib borilishini hamda ularning natijalarini nashr qilish ishlarini tashkil etish;
- bo‘lim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan shug‘ullanish;
-bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash;
- adabiyotlar bilan ishlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borilayotgan statistika tadqiqotlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va ularni qayta ishlash;
-bo‘limning boshqa xodimlariga doimiy amaliy yordam ko‘rsatish;
-zarurat tug‘ilganda bo‘lim bosh mutaxassisining vazifasini bajarish;
- bo‘limga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
- bo‘limda saqlash muddati tugagan hujjatlarni idoraviy arxivga topshirilishini tashkil etish;
-o‘z bilimi va malakalarini muntazam ravishda oshirib borish.
-Institutda joriy etilgan ijro intizomiga bo‘ysunadi.
Talab va malakalar :
- Statistika va analitik matematika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Ilmiy loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Chet tilini (Rus tili va ingliz tillari) bilish;
- Ilmiy faoliyat bo‘yicha 1-3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lish