VIVAMED CENTER
SMM Menedjer - VIVAMED CENTER (Ofisda)
- SMM-стратегия
- SMMplanner
- Подбор контента
- Таргетинг
- Контент-маркетинг
- Фотосъемка
- Запуск контекстных кампаний
- Интернет-реклама
- SMM
- Написание текстов для соцсетей
- Обработка видео
- Редактирование текстов
- Социальные сети
- Разработка контент-плана
- Организаторские навыки
- Лидогенерация
- Русский — B2 — Средне-продвинутый
Biz kimmiz?
VIVAMED CENTER — O‘zbekistondagi yetakchi ko‘p tarmoqli klinikalardan biri. Bizning maqsadimiz — bemorlar hayotini yaxshilash va yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Biz jamoamizga kreativ, tezkor va natijaga yo‘naltirilgan SMM menedjer izlayapmiz. Agar sizda kontent yaratish ruhi bo‘lsa, video va matndan sotuv yasay olsangiz — sizni kutamiz!
Siz bajaradigan vazifalar:
🔹 Klinikaga yangi mijozlarni jalb qilish (lid generatsiya)
🔹 Instagram, Telegram, Facebook va YouTube uchun kontent yaratish
🔹 Sifatli matnlar yozish (postlar, tavsiflar, reklama matnlari)
🔹 Video suratga olish, montaj va qayta ishlash
🔹 Oylik — haftalik — kunlik hisobot yuritish
🔹 Raqobatchilarni o‘rganish va kontent strategiyasini takomillashtirish
🔹 Meta va SMM ko‘rsatkichlarini prognoz qilish
🔹 Analitika orqali kontent natijasini o‘lchash
Biz izlayotgan mutaxassis:
✔ SMMda 1–3 yil tajribali
✔ Ijtimoiy tarmoqlarning algoritmlarini yaxshi bilgan
✔ Sotuvga yo‘naltirilgan kontent yaratishni biladigan
✔ Adobe Premiere/CapCut/Canva’da ishlay oladigan
✔ Foto–video bilan ishlash ko‘nikmalariga ega
✔ ChatGPT, Gemini kabi AI vositalari bilan ishlashni bilsa — katta ustunlik
✔ Javobgarlikni his qiladigan, tashabbuskor va kreativ yondashuvli
Biz taklif qilamiz:
✨ Kuchli, professional jamoa
✨ Zamonaviy va qulay ofis
✨ Bepul tushlik
✨ Klinika xizmatlariga 30% gacha chegirma
✨ Amaliyotda o‘sish, yangi loyihalarda ishtirok
✨ Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan maosh