PUREMILKY WORKS

Upakovka apparati operatori

4 500 000 - 7 000 000 UZS
  • Самарканд
  • От 1 года до 3 лет

SIYOB Group of Companies — 25 yillik muvaffaqiyatli faoliyat tarixiga ega bo‘lgan yirik ko‘p tarmoqli xolding bo‘lib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

Xolding tarkibiga kiruvchi Agro Oil kompaniyasi — o‘simlik moylari va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy zavoddir. Mahsulotlarimizni mamlakat bo‘ylab minglab xaridorlar “Pazanda”, “Любимая Хозяйка”, Pure Oil, Lazzat va boshqa brendlar ostida yaxshi biladi va tanlaydi.

Ishlab chiqarish hajmi kengayishi munosabati bilan jamoamizga Upakovka apparati operatori lavozimiga xodimlarni taklif qilamiz.

Vazifalar:
• Qadoqlash apparatini ishga tayyorlash va ishga tushirish
• Apparat parametrlarini nazorat qilish (tezlik, bosim va h.k.)
• Moy bakalashkalarini karobkalarga to‘g‘ri joylanishini nazorat qilish
• Karobkalarning to‘liq va mustahkam yopilishini tekshirish
• Qadoqlangan mahsulot sifatini tekshirish, brak mahsulotni ajratish
• Oddiy texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish
• Ish joyida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qilish
• Ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha hisobot yuritish

Talablar:
• Kamida o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot
• Ishlab chiqarishda yoki texnik jihozlar bilan ishlash tajribasi
• Diqqatlilik va mas’uliyatlilik
• Smena asosida ishlashga tayyorlik

Sharoitlar:
• Oylik (sinov muddati): 4 500 000 – 5 000 000 so‘m
• Sinov muddatidan keyin: 5 000 000 – 7 000 000 so‘m
• Ish grafigi: 6/1, smenali
• Rasmiy ishga qabul qilinadi
• Korporativ tushlik ta’minlanadi