SIYOB Group of Companies — 25 yillik muvaffaqiyatli faoliyat tarixiga ega bo‘lgan yirik ko‘p tarmoqli xolding bo‘lib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Xolding tarkibiga kiruvchi Agro Oil kompaniyasi — o‘simlik moylari va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy zavoddir. Mahsulotlarimizni mamlakat bo‘ylab minglab xaridorlar “Pazanda”, “Любимая Хозяйка”, Pure Oil, Lazzat va boshqa brendlar ostida yaxshi biladi va tanlaydi.
Ishlab chiqarish hajmi kengayishi munosabati bilan jamoamizga Rozliv apparati operatori lavozimiga xodimlarni taklif qilamiz.
Vazifalar:
• Rozliv (quyish) apparatini ishga tayyorlash va sozlash
• Moyni belgilangan hajmda idishlarga aniq dozada quyish
• Qadoqlash jarayonini nazorat qilish (qopqoq yopish, etiketka)
• Tayyor mahsulotni saralash va qadoqlashga yuborish
• Uskunalar holatini kuzatish va ish joyida tozalikni saqlash
Talablar:
• Kamida o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot
• Ishlab chiqarishda ish tajribasi (afzal)
• Texnik uskunalar bilan ishlay olish
• Mas’uliyatli va diqqatli bo‘lish
• Smenali ish rejimida ishlashga tayyorlik
Ish sharoitlari:
• Sinov muddati oyligi: 4 500 000 – 5 000 000 so‘m
• Sinovdan keyin: 5 000 000 – 7 000 000 so‘m
• Ish grafigi: 6/1, smenali
• Rasmiy ishga qabul qilinadi
• Korporativ tushlik ta’minlanadi