Ziyo Forum
Reportyor
- Деловая коммуникация
- проведение интервью
- Написание текстов
- Подготовка репортажей
- Грамотная устная и письменная речь
Yoshlar, taʼlim, shahar hayoti va ijtimoiy voqealarni yoritishga ixtisoslashgan media platforma jamoasi faol va malakali reportyor izlamoqda.
Vazifalar:
• Tadbirlar, forumlar va konferensiyalarda ishtirok etib, maxsus reportajlar tayyorlash;
• Turli mavzularda intervyular va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish;
• Yoshlar, taʼlim, madaniyat va sportga oid voqealarni axborot makonida yoritish;
• Kadrda va kadr ortida ishlash;
• Axborot izlash, tekshirish (faktcheking) va tahlil qilish;
• Sayt hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun sifatli materiallar tayyorlash;
• Loyihani rivojlantirish boʻyicha yangi mavzu va gʻoyalar taklif qilish.
Talablar:
• Oʻzbek tilida mukammal ogʻzaki va yozma nutq;
• Kamera qarshisida oʻzini erkin tuta olish;
• Yuqori darajadagi kommunikatsiya va intervyu olish qobiliyati;
• Dinamik (tezkor) ish rejimida jamoa bilan hamda mustaqil ishlay olish koʻnikmasi;
• Axborotni saralash va tahliliy fikrlash;
• Masʼuliyat va tashabbuskorlik.
Biz taklif qilamiz:
• Mamlakatdagi yirik loyihalar va muhim tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati;
• Kasbiy rivojlanish va media sohasida karyera oʻsishi;
• Zamonaviy, faol va doʻstona jamoada ishlash;
• Ish grafigi: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha.
Nomzodlardan rezyume va portfolio namunalarini murojaat bilan birga yuborishlarini soʻraymiz.