Ziyo Forum

Videomontajyor

От 8 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет
  • Adobe After Effect
  • Adobe Premier Pro
  • Цветокоррекция
  • Работа со звуком
  • Креативное мышление
  • Видеомонтаж

Yoshlar va talabalar hayoti, taʼlim hamda ijtimoiy imkoniyatlarni yorituvchi media platforma jamoasiga kreativ videomontajyor talab qilinadi.

Vazifalar:
• Yangiliklar, intervyular, reportajlar va maxsus loyihalar uchun videolarni montaj qilish;
• Ijtimoiy tarmoqlar uchun dinamik qisqa videolar (Reels, Shorts) tayyorlash;
• Titrlar, musiqa, grafika va vizual effektlar (VFX) bilan ishlash;
• Kontentni Instagram va YouTube platformalari formatiga va algoritmiga moslashtirish;
• Loyihani vizual jihatdan boyitish boʻyicha yangi gʻoyalar taklif qilish.

Talablar:
• Adobe Premiere Pro va After Effects dasturlarida mukammal ishlash koʻnikmasi;
• Ovoz bilan ishlash va rang korreksiyasi (color grading) asoslarini bilish (ustunlik beradi);
• Ritm, dinamika va kompozitsiya qoidalarini tushunish, zamonaviy vizual trendlardan xabardorlik;
• Bajariladigan ishlarga masʼuliyat va dedlaynlarga qatʼiy rioya qilish;
• Sifatli portfolio (bajarilgan ishlardan namunalar) mavjudligi.

Biz taklif qilamiz:
• Keng auditoriyaga moʻljallangan yirik media loyihalarda ishtirok etish;
• Ijodiy erkinlik va oʻz gʻoyalarini amalga oshirish imkoniyati;
• Kasbiy rivojlanish va media sohasida karyera oʻsishi;
• Yosh, ijodkor va doʻstona jamoa hamda qulay ish muhiti;
• Ish grafigi: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha.
Nomzodlardan rezyume va portfolio namunalarini murojaat bilan birga yuborishlarini soʻraymiz.