FE “Indorama Agro”

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

До 4 000 000 UZS
  • Коканд
  • Полная занятость
  • От 3 до 6 лет

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ jamoasiga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar:

  • Korxona bo‘limlari, sexlari va ishlab chiqarish maydonlarida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

  • Ish joylaridagi mehnat sharoitlarini o‘rganish hamda xavfsiz va sog‘lom ish muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  • Mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha yillik va uzoq muddatli tadbirlar rejalarini tayyorlash.

  • Xodimlar va amaliyotchilar uchun kirish yo‘riqnomalarini o‘tkazish, xavfsiz ishlash bo‘yicha o‘quvlar va bilimlarni tekshirishni tashkil etish.

  • Bo‘limlarga xavfsizlik yo‘riqnomalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda yordam berish.

  • Uskunalar, shamollatish tizimlari, bug‘ qozonlari, gaz ballonlari va yuk ko‘tarish moslamalarining xavfsiz ishlashi bo‘yicha tekshiruvlarda qatnashish.

  • Ish joylarida shovqin, tebranish va havo muhiti ko‘rsatkichlarini o‘lchash jadvaliga rioya etilishini nazorat qilish.

  • Maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlanishni nazorat qilish.

  • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, jarohatlar va kasb kasalliklarini tekshirishda qatnashish hamda ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish.

  • Yo‘riqnoma jurnallari, bilimlarni tekshirish bayonnomalari, hodisalar qaydlari va tegishli hisobotlarni yuritish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot.

  • Oxirgi 5 yil davomida kamida 3 yil texnika xavfsizligi yo‘nalishida ish tajribasi.

  • Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi talablarini bilish.

  • Ish joylaridagi mehnat sharoitlarini o‘rganish va uskunalarning xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha bilim.

  • Xavfsizlik yo‘riqnomalari, o‘quv materiallari va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.

  • Kompyuter va ish uchun zarur dasturlardan foydalanish ko‘nikmasi.

  • Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va xodimlarga xavfsizlik talablarini tushunarli yetkazish qobiliyati.

Ish sharoitlari:

  • Ish joyi: Qo‘qon shahri, Davronebk ko'chasi 87-uy.

  • Ish jadvali: 5/2 8:00-17:00 .

  • Ish haqi: Suhbat natijasiga ko‘ra.

  • Bandlik turi: To‘liq bandlik.

Ariza topshirish:

HH orqali rezyume yuboring. Rezyumeda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha tajribangiz, ishlagan korxonalaringiz hamda mavjud sertifikatlaringizni ko‘rsating.