InFinBank

Bankomatlar tarmogʻini rivojlantirish va monitoring qilish boʻlimi yetakchi mutaxassisi

Не указана
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет
Asosiy vazifalar:
  • Bankomatlarni sozlash: Bankomatlar qurilmalarini texnik va dasturiy jihatdan sozlash, dasturiy taʼminotini yangilab borish;
  • Tranzaksiyalar monitoringi: Bankomatlar orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalarni doimiy monitoring qilish va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
  • Mijozlar murojaatlari bilan ishlash: Bankomatlar xizmati bilan bogʻliq mijozlar murojaatlarini, shikoyat va muammoli holatlarini tahlil qilish hamda tezkor hal etish;
  • Protsessing bilan hamkorlik: Milliy va xalqaro protsessing tizimlari (Uzcard / Humo va boshqalar) bilan texnik va operatsion masalalarda yaqindan hamkorlik qilish;
  • Filiallar bilan ishlash: Bank hududiy filiallari bilan bankomatlar tarmogʻini rivojlantirish, inkassatsiya va texnik xizmat koʻrsatish masalalarida koordinatsiya ishlarini olib borish.
Talablar:
  • Maʼlumoti: Texnik, AT yoki iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha oliy maʼlumot;
  • Ish tajribasi: Bank sohasida, protsessing markazlarida yoki bankomatlarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Texnik koʻnikmalar: Bankomatlar dasturiy taʼminoti va qurilmalari tuzilishini bilish, Uzcard hamda Humo protsessing tizimlari ishlash prinsiplaridan xabardorlik;
  • O'zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish.
Imkoniyatlar:
  • Raqobatbardosh ish haqi;
  • Zamonaviy va barqaror rivojlanayotgan bankda professional faoliyat yuritish imkoniyati;
  • Shahar markazida shinam ofis va doʻstona, qoʻllab-quvvatlovchi jamoa