AKMAL UMID BARAKA

Торговый представитель

5 000 000 - 21 000 000 UZS
  • Джизак
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет
  • Активные продажи
  • Навыки продаж
  • B2B Продажи

VAKANSIYA: SAVDO AGENTI

Ish joyi: Jizzax shahri

“AKMAL UMID BARAKA” MChJ — O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniyamiz DUSEL, VERAL va SALID brendlari ostida 8 000 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Jamoamizga savdo agenti lavozimiga faol va mas’uliyatli xodimlarni taklif qilamiz!

Vazifalar:

  • Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish.

  • Belgilangan savdo rejasini bajarish.

  • Buyurtmalarni yig‘ish va rasmiylashtirish.

  • Savdo nuqtalarida mahsulotlar assortimentini kengaytirish.

  • Mijozlarning debitor qarzdorligini nazorat qilish.

  • Belgilangan yo‘nalish bo‘yicha savdo nuqtalariga tashrif buyurish.

  • Mahsulotlar taqdimotini o‘tkazish va promo-aksiyalar tashkil etish.

  • Mijozlar bilan shartnomalar tuzish.

Talablar:

  • O‘zbek va rus tillarini bilish.

  • Muomala madaniyati va muzokara olib borish ko‘nikmasi.

  • Mas’uliyatli, halol, intiluvchan va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

  • Savdo sohasida rivojlanishga bo‘lgan xohish.

Ish sharoitlari:

  • Ish grafigi: 6/1, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

  • Maosh: barqaror ish haqi + KPI.

  • Tushlik xarajatlari uchun kompensatsiya.

  • Belgilangan hududda ishlash.

  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyati.

📩 Bizning jamoamizga qo‘shiling va DUSEL ELECTRICAL bilan birga rivojlaning!