АКБ Агробанк

Islomiy moliya mahsulot egasi

Не указана
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет
  • Деловой этикет
  • Деловая коммуникация
  • Организаторские навыки
  • Деловое общение
  • Работа с большим объемом информации
  • Русский — C1 — Продвинутый
  • Английский — B1 — Средний
  • Узбекский — C1 — Продвинутый

«Agrobank» islomiy moliya yo‘nalishi bo‘yicha mahsulot jamoasini shakllantirmoqda. Mahsulot egasi (Product Owner) sifatida siz jismoniy shaxslar (chakana mijozlar) uchun islomiy moliya mahsulotlarining konsepsiyasi, rivojlanish rejasi va muvaffaqiyat mezonlarini belgilaysiz: mijoz ehtiyojidan tortib mahsulot ishga tushirilguncha bo‘lgan yo‘l uchun aynan siz mas’ulsiz. Shu bois mijoz ehtiyojini aniq talabga, talabni esa ishlaydigan mahsulotga aylantira oladigan mahsulot egasini izlayapmiz.

Sizning vazifalaringiz:

  • Chakana islomiy moliya mahsulotlari konsepsiyasi va rivojlanish rejasini shakllantirish, mahsulotning dastlabki sinov nusxasi va muvaffaqiyat mezonlarini belgilash;
  • Mahsulot vazifalari ro‘yxatini yuritish va vazifalarni mijoz hamda bank uchun ahamiyati va risklar bo‘yicha navbatga qo‘yish;
  • Raqamli kanallar va filiallar uchun mijoz yo‘llari, foydalanuvchi hikoyalari, biznes qoidalari va qabul mezonlarini tavsiflash;
  • Tasdiqlangan shartnoma sxemalari va nazorat nuqtalarini Shariat kengashi, metodologiya, yuridik va komplayens bo‘linmalari bilan kelishgan holda raqamli jarayonlarga kiritish;
  • Axborot texnologiyalari, dizayn va test jamoalari hamda integratsiyalar ishini muvofiqlashtirish, foydalanuvchi qabul sinovlarini o‘tkazish va ishlab chiqilgan yechimni qabul qilib olish;
  • Mijoz tadqiqotlari va ko‘rsatkichlar (konversiya, rasmiylashtirish tezligi, mijoz takomillashtirish; sadoqati indeksi) asosida mahsulotni
  • Manfaatdor bo‘linmalar bilan maqsad va muddatlarni kelishib olish, ish davri natijalarini taqdim etish va samaradorligi tasdiqlangan yechimlarni filiallar tarmog‘ida joriy etishga tayyorlash.

Nomzodga talablar:

  • Ma’lumot: moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari yoki menejment yo‘nalishida oliy ma’lumot;
  • Tajriba: bank, to‘lov tashkiloti yoki fintex kompaniyasida mahsulot egasi, mahsulot menejeri yoki biznes-tahlilchi sifatida kamida 3 yillik tajriba, shu jumladan kamida bitta raqamli mahsulotni (mobil ilova yoki onlayn xizmat) ishga tushirish;
  • Ko‘nikmalar: vazifalarni ahamiyatiga qarab navbatga qo‘yish, foydalanuvchi hikoyalari va qabul mezonlarini yozish, shariat va yuridik talablarni tizim talablariga aylantirish, mahsulot ko‘rsatkichlari (konversiya, sotuv voronkasi, NPS) asosida qaror qabul qilish;
  • Bilimlar: Scrum usuli va mahsulotni dastlabki sinov nusxasidan ishga tushirishgacha olib borish sikli; raqamli mijoz yo‘llari, API integratsiyalari, skoring va mijozni identifikatsiya qilish (KYC) tamoyillari; islomiy moliyaning asosiy tamoyillari (ribo va g‘arar taqiqi) va asosiy shartnoma turlari;
  • Kompyuter savodxonligi: Jira yoki shunga o‘xshash vazifalarni boshqarish tizimi, Confluence, Excel (formulalar, yig‘ma jadvallar), Miro yoki Figma;
  • Tillar: o‘zbek va rus tillarini og‘zaki va yozma erkin, ingliz tilini kamida B1 darajada bilish;
  • Zaruratga ko‘ra hududiy filiallarga xizmat safarlariga tayyorlik.

Afzallik hisoblanadi:

  • Professional Scrum Product Owner yoki Certified Scrum Product Owner sertifikati;
  • AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) standartlari bilan tanishlik yoki ushbu tashkilot sertifikati;
  • Murabaha, ijara, vakala mahsulotlari bo‘yicha amaliy bilim;
  • Bo‘lib to‘lash xizmatlari va marketpleyslar bilan ishlash tajribasi;
  • SQL so‘rovlarini mustaqil yozish ko‘nikmasi;
  • Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilish.

Biz taklif etamiz:

  • Raqobatbardosh ish haqi;
  • Bankda yangi yo‘nalishni shakllantirish va islomiy moliya mahsulotlarini g‘oyadan ishga tushirishgacha olib borish imkoniyati;
  • Agile tamoyillari asosida ishlaydigan, mutaxassislaridan iborat jamoada ishlash;
  • Barqaror davlat bankida kasbiy rivojlanish.