VGT COLOR GROUP
Экспедитор
- Знание устройства автомобиля
- Точность и внимательность к деталям
- Транспортная логистика
- Грузоперевозки
- Автомобильные грузоперевозки
- оформление заказов
Damas / Labo haydovchi-ekspeditori
🎨 PAINTLINE — BO‘YOQ VA LAK MAHSULOTLARI DO‘KONI
PAINTLINE — bo‘yoq va lak mahsulotlari savdosi sohasida 15 yillik tajribaga ega kompaniya. Shu yillar davomida mijozlarimizga sifatli mahsulotlar va professional xizmat ko‘rsatib kelmoqdamiz.
Bugun jamoamizni kengaytirib, faol, mas’uliyatli va mijozlar bilan ishlashni yoqtiradigan xodimlarni ishga taklif qilamiz!
Sizga nimalarni taklif qilamiz:
- Barqarorlik va ishonch: Doimiy ish o‘rni, o‘z vaqtida, kechikishlarsiz beriladigan munosib ish haqi.
- Aniq va qulay grafik: 6/1, soat 09:00 dan 18:00 gacha. Shaxsiy hayotingiz va rejalaringiz uchun hamisha vaqt topiladi.
- Ahil jamoa: Hamisha qo‘llab-quvvatlaydigan rahbariyat va samimiy hamkasblar.
Sizning asosiy vazifalaringiz:
- Ehtiyotkorona yetkazib berish: Qurilish bo‘yoqlarini kompaniyamizning boshqa filiallariga va buyurtma bergan mijozlarimizga xavfsiz yetkazish.
- Ekspeditorlik: Yuk ortish va tushirish jarayonini nazorat qilish, mahsulot idishlari (chelaklar) butunligini tekshirish.
- Hujjatlar bilan ishlash: Yuk xatlarini (nakladnoy) qabul qiluvchiga topshirish va imzolatish.
- Texnikaga g‘amxo‘rlik: Avtomobilni toza saqlash va nosozliklar bo‘lsa, o‘z vaqtida xabar berish.
Nomzoddan nimalar kutiladi:
-
Professional tajriba: Biz og‘ir-vazmin, hayotiy tajribaga ega va texnikani qadrlaydigan nomzodlarga ustunlik beramiz.
Haydash mahorati: Damas va Labo avtomobillarini boshqarishda katta tajriba, ularning gabaritlarini mukammal his qilish. - Intizom va hushyorlik: Yo‘llarni yaxshi bilish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va manzilga kechikmay yetib borish.
- Muloqot madaniyati: Mijozlar bilan uchrashganda hushmuomalalik, xushchaqchaklik va toza nutq (chunki siz — PAINTLINE kompaniyasining qiyofasisiz).
Mashina ishxonadan op ketiladi. UYGA BERILMAYDI
Lokasia joylashuvi: Jomiy bozor, Qoyliq bozor
Agar siz o‘z ishingizning ustasi bo‘lsangiz va barqaror, yaxshi kompaniyada ishlashni istasangiz — biz sizni kutyapmiz!