ADM STAMPING

Coffee Lady/coffee man (Kofe va ichimliklar tayyorlash xodimi)

Не указана
  • Джизак
  • Полная занятость
  • Нет опыта
Vazifalari:
  • Kompaniya rahbariyati, xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun kofe, choy va boshqa ichimliklarni tayyorlash hamda taqdim etish;

  • Muzokara xonalari va yig‘ilishlar uchun ichimliklar hamda zarur anjomlarni oldindan tayyorlash;

  • Mehmonlarni kutib olish va ularga xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish;

  • Ichimliklar tayyorlanadigan hudud, oshxona va muzokara xonalarida tozalik hamda tartibni saqlash;

  • Kofe, choy, shakar, ichimlik suvi va boshqa zarur mahsulotlar zaxirasini nazorat qilish;

  • Zarur mahsulotlar tugashidan oldin mas’ul xodimga xabar berish;

  • Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish.

Talablar:
  • Ozoda va saranjom tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish;

  • Xushmuomala, samimiy va kirishimli bo‘lish;

  • Mas’uliyatli, intizomli va punktual bo‘lish;

  • Tozalik va tartibga rioya qilish;

  • Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

  • Shu yo‘nalishda ish tajribasiga ega bo‘lish ustunlik beradi.

  • Ingliz va rus (xorijiy ) tillarni bilishi ustunlik beradi

Kompaniya tomonidan taklif etiladi:

  • Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi;

  • Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash imkoniyati;

  • Qulay mehnat sharoitlari;

  • Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.

  • Bir mahal issiq ovqat.

  • Qatnash uchun jamoat transporti.