Vazifalar:
- Chinni va oshxona anjomlari do‘konida xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish.
- Mahsulotlarni tanishtirish va xaridorlarga to‘g‘ri tanlov qilishda yordam berish.
- Do‘konda ozodalik va tartibni saqlash.
- Xaridorlar bilan xushmuomala va madaniyatli munosabatda bo‘lish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Savdo sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish.
- Saviyasi yuqori, farosatli va muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
- Ozoda, tartibli, mas’uliyatli va halol bo‘lish.
- Xaridorlar bilan tez til topisha olish va yaxshi savdo qila bilish.
Ish sharoitlari:
- Ish vaqti: 10:00 dan 21:00 gacha.
- Tushlik ishxona hisobidan beriladi.
- Jamoat transporti xarajatlari ishxona tomonidan qoplab beriladi.
- Oylik maosh suhbat davomida kelishiladi.
- Doimiy ish va qulay mehnat sharoiti.