Bolter

Директор магазина

От 10 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • От 3 до 6 лет
  • Организаторские навыки
  • Обучение персонала
  • Мерчандайзинг
  • Навыки продаж
  • Мотивация персонала
  • Лидерство
  • Работа с поставщиками
  • Управление продажами
  • Управление товарными запасами
  • Русский — B2 — Средне-продвинутый

LAVOZIMNING MAQSADI

Filialning kundalik operatsion faoliyatini yagona standart asosida boshqarib, belgilangan savdo va moliyaviy ko'rsatkichlarning bajarilishini, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini hamda jamoaning barqaror va samarali ishlashini ta'minlash.

Filial direktori filialning quyidagi yo'nalishlari bo'yicha bevosita mas'ul hisoblanadi:

  • Kundalik operatsion boshqaruv. Filialning kundalik ish jarayonlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ijro intizomini ta'minlash.
  • Savdo va moliyaviy ko'rsatkichlar. Belgilangan biznes-reja, savdo va moliyaviy ko'rsatkichlarning bajarilishini ta'minlash.
  • Daromadlilik va xarajatlar nazorati. Filial daromadliligini va xarajatlarini nazorat qilish, samaradorlikni oshirish.
  • Mijozlarga xizmat sifati. Mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish va doimiy takomillashtirish.
  • Xodimlar bilan ishlash. Xodimlarni tanlash, ishga moslashtirish, rivojlantirish va ularning faoliyatini baholash.
  • Qonunchilik va ichki talablar. Ichki me'yoriy hujjatlar, kompaniya siyosatlari hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta'minlash.
  • Risklarni boshqarish. Filialda risklarni aniqlash, boshqarish va ularni minimallashtirish bo'yicha choralar ko'rish.
  • Hisobot. Kompaniya rahbariyatiga filial faoliyati bo'yicha muntazam hisobotlar taqdim etish.

Talablar:

  • Professional bilimlarga (mutaxassislik bo’yicha, umumiy menejmentlik, tashkiliy funksiyalar) ega bo’lish;
  • Sohada 5 yillik tajribaga ega bo’lishlik;
  • O’zbek tilini mukammal bilish;
  • Kuchli muzokara qobiliyatlari.
  • Kuchli analitik ko'nikmalar.
  • Munosabatlarni boshqarish.
  • Ishlarni to’g’ri rejalashtira olish (strategiya).
  • Liderlik qobiliyatlari.
  • Moliyaviy ko'nikmalar.

Biz taklif qilamiz:

  • Qulay sharoit
  • Raqobatbardosh oylik maosh
  • Karyeraviy o'sish imkoniyati
  • Jamoaviy sport abonimentlari