Xalq Banki

Касса амалиётлари бўлими қайта санаш касса кассири (Денов тумани учун)

Не указана
  • Денау
  • Полная занятость
  • Нет опыта

Asosiy vazifalar:
• Qayta sanash uchun kelib tushgan naqd pullarni qabul qilish, sanash va nominali bo‘yicha saralash;
• Banknotlarning haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligini maxsus uskunalar yordamida tekshirish;
• Naqd pullarni belgilangan tartibda dastalash, o‘rash va topshirishga tayyorlash;
• Qayta sanash natijalarini tegishli hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish;
• Aniqlangan kamomad, ortiqcha mablag‘ yoki shubhali banknotlar haqida mas’ul xodimga xabar berish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
• Kassa hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, topshirilgan pul mablag‘larining butligini ta’minlash;
• Kassa intizomi, xavfsizlik va bankning ichki tartiblariga rioya qilish.


Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
• Naqd pullar bilan ishlash va kassa operatsiyalari bo‘yicha bilim;
• Kompyuterdan va MS Office dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasi;
• Hisob-kitoblarda aniqlik, diqqatni jamlash va katta hajmdagi naqd pul bilan ishlashga tayyorlik;
• Halollik, mas’uliyat va jamoada ishlash qobiliyati;
• Bank kassasida yoki naqd pullarni qayta sanash yo‘nalishida ish tajribasi ustunlik beradi.


Biz Sizga taklif qilamiz:
• Kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati;
• Bank tizimida tajriba orttirish va karyera o‘sishi imkoniyati;
• Professional jamoada ishlash.