ASLZAR
Reklama bo'limi sotuvchisi
5 000 000 - 10 000 000 UZS
- Деловое общение
- Поиск и привлечение клиентов
Kompaniya haqida
Biz qimmatbaho toshlar savdosi va ularni muddatli to’lovga berishga ixtisoslashgan kompaniyamiz. Respublika bo’ylab 40 dan ortiq filialimiz bor. Jamoamizga savdoni chuqur biladigan va liderlik qobiliyatiga ega mutaxassisni taklif qilamiz.
Vazifalar:
- Kompaniya xizmatlari va mahsulotlarini mijozlarga taklif qilish.
- Yangi mijozlarni jalb qilish.
- Mijozlar bilan muzokaralar olib borish.
- Buyurtmalarni qabul qilish.
- Sotuv rejasini bajarish.
- Mijozlar bilan doimiy aloqani saqlash.
- Shartnomalarni rasmiylashtirish.
- Kunlik va oylik sotuv hisobotlarini yuritish
Talablar:
- Sotuvchilik tajribasi kamida 1 yil bo'lishi.
- Sotuv va muzokara olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
- Muloqot madaniyati yuqori bo‘lishi.
- Faol, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi.
- Mijozlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi.
- Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalana olishi.
- Mas’uliyatli va intizomli bo‘lishi.
- Ishontirish va taqdimot qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
- Jamoada ishlay olishi.
Shartlar:
- Reklama bo‘limi sotuvchisi uchun ish sharoitlari:
- Rasmiy ishga joylashish.
- Barqaror oylik maosh.
- Sotuv natijasiga qarab bonus va foizlar.
- Zamonaviy va qulay ish muhiti.
- Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati.