СП ООО Premier Electrotech
Ta’minot departamenti direktori o’rinbosari
Не указана
- Английский язык
- Китайский язык
- Управление командой
- Деловое общение
- Навыки переговоров
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Английский — C1 — Продвинутый
- Китайский — C1 — Продвинутый
Обязанности:
- Korxonaning xaridlarga bo’lgan ehtiyojini shakllantirish: bo’linmalardan talabnomalarni yig’ish, ishlab chiqarish rejasi va ombor qoldig’i bilan solishtirish, yillik, choraklik va oylik xarid rejasini tuzish
- Xitoy va boshqa xorijiy yetkazib beruvchilarni izlash, tanlash va baholash: ishlab chiqarish imkoniyati hamda ishonchliligini tekshirish, namunalarni sifat nazorati bilan sinovdan o’tkazish, tanlovni yozma asoslash
- Yetkazib beruvchilar bilan narx, chegirma, hajm, yetkazib berish va to’lov shartlari bo’yicha muzokaralar olib borish, kelishuvlarni shartnoma shaklida rasmiylashtirish
- Tashqi xaridlar (CKD, SKD) bo’limi ishini tashkil etish: buyurtmalarni o’z vaqtida joylashtirish, buyurtma grafigini ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiqlashtirish, butlovchi qismlar tanqisligining oldini olish
- To’liq yig’ilgan mahsulotlar xaridlarini tashkil etish: savdo bo’linmasi bilan ehtiyojni aniqlash, takliflarni narx va sifat bo’yicha qiyoslash, ortiqcha va harakatsiz xaridlarning oldini olish
- Ichki xaridlar bo’limi ishini tashkil etish, mahalliy yetkazib beruvchilar bilan shartnoma ishlarini olib borish, import pozitsiyalarini mahalliy ishlab chiqaruvchiga o’tkazish imkoniyatlarini ko’rib chiqish
- Xarid byudjetini nazorat qilish: yillik byudjet loyihasini tayyorlash, faktik sarfni byudjet bilan solishtirish, xarid tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini izlash va tejam hajmini asoslash
- Shartnoma ijrosini nazorat qilish va da’vo ishlarini olib borish: kamomad, sifatsizlik va kechikish bo’yicha hujjatlar tayyorlash, zararni qoplash yoki almashtirishni talab qilish
- Xarid bloki (uch bo’lim) ishini tashkil etish: bo’lim boshliqlariga topshiriq berish va ijrosini nazorat qilish, xodimlar natijalarini baholash, ichki mashg’ulotlar o’tkazish
- Hujjat yuritish va hisobot berish: oylik va choraklik hisobot tayyorlash, departament direktori yo’qligida xarid blokining joriy masalalarini hal etish
- Oliy ma’lumot (majburiy). Afzal yo’nalishlar: ta’minot zanjiri va xaridni boshqarish; xalqaro iqtisodiy munosabatlar va tashqi savdo; iqtisodiyot va menejment; mashinasozlik yoki elektrotexnika bo’yicha texnik ta’lim
- Ta’minot va xarid sohasida kamida 5 yil ish tajribasi
- Shundan kamida 2 yil xarid bo’limi yoki blokiga rahbarlik lavozimida
- Majburiy: Xitoy yetkazib beruvchilari bilan bevosita ishlash tajribasi
- Majburiy: import xaridlari va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida ishlash tajribasi
- Majburiy: narx muzokaralarini mustaqil olib borish tajribasi
- Xalqaro yetkazib berish shartlari (Incoterms) va yuk jo’natish tartibini bilish
- Eksport-import shartnomalarini tuzish, bojxona rasmiylashtiruvi va ruxsat hujjatlari talablarini bilish
- To’lov shakllari va valyuta operatsiyalari asoslarini bilish
- Narx va tannarx tahlili, xarid byudjetini rejalash va nazorat qilish usullarini bilish
- CKD, SKD va to’liq yig’ilgan mahsulot xaridlari xususiyatlarini bilish
- Da’vo ishlarini olib borish va hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini bilish
- Microsoft Office dasturlaridan ishonchli foydalanish (Excel — xarid, narx va byudjet jadvallari)
- ERP tizimining xarid va ombor modullarida ishlash ko’nikmasi
- Tillar: o’zbek tili — erkin; ingliz va xitoy tillari — muzokara va shartnoma darajasida erkin bilish majburiy
- Xitoy va boshqa mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik
- Turli vaqt mintaqasidagi yetkazib beruvchilar bilan ishlashga tayyorlik
- O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish
- Barqaror va o’z vaqtida ish haqi
- Tushlik kompaniya hisobidan
- Kasbiy va karyera o’sishi imkoniyatlari
- Yirik ishlab chiqarish kompaniyasida ishlash