ALGAPPAROV A. M.
Менеджер по продажам (Call-центр)
- Активные продажи
- телефонные продажи
- Ведение переговоров
- Выявление потребностей клиентов
- Презентация и продажа продукции
- Работа с возражениями
- Закрытие сделок
- Обработка входящих и исходящих звонков
- Работа с CRM-системами
- Управление воронкой продаж
- Выполнение и перевыполнение плана продаж
- Удержание и возврат клиентов
- Кросс-продажи и допродажи
- Повышение конверсии продаж
- Клиентоориентированность
Менеджер по продажам (Call-центр)
Alfajr Premium Brand — tabiiy teridan tayyorlangan premium joynamozlar, tabiiy toshlardan tasbehlar, charm aksessuarlar, sovg‘abop to‘plamlar va dekor mahsulotlarini taklif qiluvchi rivojlanayotgan kompaniya.
Jamoamizga telefon orqali faol sotuvni amalga oshira oladigan, mijozlar bilan professional muzokara olib boradigan va yuqori savdo natijalariga erishishga intiladigan tajribali sotuv menejerlarini taklif qilamiz.
Bizga shunchaki qo‘ng‘iroqlarga javob beradigan operator emas, balki sotuv texnikalarini yaxshi biladigan, mijozni xaridga olib kela oladigan va o‘z daromadini natijalari orqali oshirishga intiladigan kuchli mutaxassis kerak.
Asosiy vazifalar:
-
Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar orqali mahsulotlarni faol sotish;
-
Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mos mahsulotlarni professional taqdim etish;
-
Telefon orqali muzokara olib borish, mijozni qiziqtirish va xaridga ishontirish;
-
Mijozlarning e’tirozlari va shubhalari bilan samarali ishlash;
-
Savdoni yakunlash va buyurtmalarni rasmiylashtirish;
-
Potensial mijozlar bilan qayta aloqa o‘rnatish;
-
CRM tizimida mijozlar bazasi va savdo jarayonlarini yuritish;
-
Shaxsiy savdo rejasini bajarish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish;
-
Savdo natijalari bo‘yicha kunlik hisobot yuritish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Sotuv sohasida kamida 2 yillik amaliy tajriba;
-
Call-center yoki telefon orqali faol sotuv tajribasi;
-
Sotuv texnikalari, muzokara olib borish va xaridni yakunlash ko‘nikmalari;
-
Mijozlarning e’tirozlari bilan ishlay olish;
-
Kuchli kommunikatsiya, ravon va ishonchli nutq;
-
Natijaga yo‘naltirilganlik va savdo rejasini bajarish qobiliyati;
-
Kompyuter va CRM tizimlaridan foydalana olish;
-
O‘zbek tilida mukammal muloqot qila olish, rus tilini bilish ustunlik beradi;
-
Halollik, mas’uliyat, intizom va jamoada ishlash madaniyati.
Ustunlik beradi: yuqori chekli mahsulotlar savdosi, premium segment yoki katta hajmdagi telefon savdosi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba.
Ish vaqti va ish sharoitlari:
-
Ish shakli: ofisda, to‘liq stavka;
-
Ish vaqti: 10:00–19:00;
-
Ish grafigi: 6/1, haftada bir kun dam olish;
-
Yarim stavka va ikkinchi smena mavjud emas;
-
Bizga qisqa muddatli yoki vaqtinchalik xodim emas, kompaniyada doimiy ishlashga tayyor mutaxassis kerak;
-
Zamonaviy va qulay ofis;
-
Ish jarayoni uchun kompaniya tomonidan noutbuk taqdim etiladi;
-
Mahsulotlar va sotuv texnikalari bo‘yicha o‘rganish imkoniyati.
Daromad va rag‘batlantirish:
Oylik daromad: 800–2 000 AQSh dollari.
Daromad quyidagi tizim asosida shakllanadi:
-
Kafolatlangan fiks maosh;
-
Shaxsiy savdolardan foiz;
-
Kunlik savdo natijalari uchun bonuslar;
-
Haftalik natijalar uchun qo‘shimcha bonuslar;
-
Natijaga qarab qo‘shimcha rag‘batlantirishlar.
Daromad miqdori menejerning savdo natijalari va belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Qancha samarali savdo qilsangiz, shuncha ko‘p daromad olish imkoniyati mavjud.
Bizning qadriyatlarimiz:
Alfajr Premium Brand — halollik, ishonch va mas’uliyatni qadrlaydigan kompaniya.
Biz jamoamizda:
-
Halol va vijdonan ishlaydigan;
-
Va’dasiga sodiq va mas’uliyatli;
-
Kompaniya va mijozlar manfaatiga hurmat bilan yondashadigan;
-
Jamoaviy qadriyatlarni hurmat qiladigan;
-
O‘z ustida ishlash va rivojlanishga intiladigan xodimlarni qadrlaymiz.
Vakansiyaga javob berishda:
Rezyume bilan birga quyidagi ma’lumotlarni yuborishingizni so‘raymiz:
-
Sotuv sohasidagi umumiy ish tajribangiz;
-
Oldingi ish joyingiz va lavozimingiz;
-
Oy davomida erishgan eng yuqori savdo natijangiz;
-
Shaxsiy savdo rejangizni bajarish ko‘rsatkichlari;
-
Telefon orqali sotuv bo‘yicha tajribangiz.
Bizga oddiy operator emas, professional sotuv menejeri kerak!
Agar siz sotishni bilsangiz, natija ko‘rsatishga tayyor bo‘lsangiz va mehnatingizga yarasha yuqori daromad olishni istasangiz, Alfajr Premium Brand jamoasiga qo‘shiling!