JON BRANDING

Sotuv menejeri

4 000 000 - 10 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Нет опыта
  • Деловое общение
  • Деловая переписка
  • Прямые продажи

Jon Branding — strategiyaga asoslangan branding agentligi. Bizga potensial mijozlar bilan aloqani davom ettirib, founder va ekspertlar uchrashuviga olib keladigan sotuv menejeri kerak.

Vazifalar:
• Yangi murojaat qilgan potensial mijozlarga tezkor javob berish va follow-up qilish
• Telefon, Telegram va boshqa ish kanallari orqali muloqot olib borish
• Mijozning ehtiyoji va loyihaga tayyorligini aniqlash
• Founder yoki ekspert bilan onlayn va oflayn uchrashuvlarni belgilash, tasdiqlash va eslatma yuborish
• Uchrashuvdan keyin natijani CRMga kiritish va keyingi qadamlarni kuzatish
• Javob bermagan murojaatlar bilan belgilangan tartibda qayta bog‘lanish

Talablar:
• O‘zbek tilida ravon va xushmuomala muloqot
• Aniq yozish va telefon orqali suhbatni olib borish
• Tartibli follow-up qilish, va’dalarni vaqtida bajarish
• Mijoz bilan ishlash yoki sotuv tajribasi afzallik beradi
• CRM va jadval bilan ishlashga tayyorlik
• Rus tilini bilish afzallik beradi

Shartlar:
• To‘liq bandlik
• Ish jadvali: 6/1, 10:00–19:00
• Ish formati: gibrid
• Oylik ish haqi: 4 000 000–10 000 000 so‘m. Natijaga qarab 10 mln so‘mdan yuqori bo‘lishi mumkin
• Uchrashuvlarda founder yoki ekspert qatnashadi; sotuv menejeri mijoz bilan aloqani tashkil qiladi va uchrashuvga tayyorlaydi