DELASO MChJ
Sotuv menejeri (sotuvchi-maslahatchi) — DeLaso shokolad butigi
От 4 000 000 UZS
- Активные продажи
DeLaso — "The Art of Chocolate". 2018-yildan beri Toshkentda premium shokolad va sovg'alar butigi. 3 ta filialimizga xushmuomala va harakatchan sotuv menejerlari (sotuvchi-maslahatchilar) qidiryapmiz.
Vazifalar:
- Mijozlarni kutib olish va mahsulotlar bo'yicha maslahat berish
- Sovg'a to'plamlarini yig'ish va chiroyli qadoqlash
- Kassa bilan ishlash (naqd va karta)
- Vitrinani tartibli saqlash, tovarlarni qabul qilish va joylashtirish
- Telefon va Telegram orqali buyurtmalarni qabul qilish
Talablar:
- Xushmuomalalik, ozodalik, muloqotga ochiqlik
- O'zbek tilini erkin, rus tilini o'rtacha bilish
- Mas'uliyat, halollik va tirishqoqlik
- Tajriba bo'lsa yaxshi, bo'lmasa — tirishqoq va harakatchan bo'lsangiz, o'zimiz o'rgatamiz
Shartlar:
- Filiallar: Ecobozor Chimgan (Mirzo Ulug'bek tumani), Ecobozor Beruniy (Shayxontohur tumani), Katta Darxon (Mirzo Ulug'bek tumani)
- Ish jadvali: 6/1, 09:30 dan 22:00 gacha
- Oylik: 4 000 000 so'mdan, qolgani suhbat asosida
- Har kuni tushlik uchun 50 000 so'm
- Bepul o'qitish va xodimlar uchun chegirma
Biz bilan ishlasangiz:
- Oilaviy jamoa muhiti
- Har 10 kunda jamoaviy tadbir (kechki ovqat, kino, bouling)
- Har 3–4 oyda sayohat (tog'lar va boshqa joylar)
- Har yili yanvar oyida 3–5 kunlik katta bayramona tadbir