SIMMA HOTEL

Tizim administratori / it mutahasis

5 000 000 - 7 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет

Asosiy vazifalar:
Korporativ serverlar (Linux/Windows Server), virtualizatsiya tizimlari (Proxmox / VMware ESXi / Hyper-V) barqaror ishlashini ta’minlash va boshqarish.

Tarmoq infratuzilmasini (MikroTik, Cisco yoki boshqa L2/L3 marshrutizatorlar, kommutatorlar, VLAN, VPN) sozlash, boshqarish va xavfsizligini ta’minlash.

Firewall lar bilan ishlash tajribasi "Fortiget" "Kerio Control".

Unify Control bilan ishlashni blish

Tarmoq va serverlar monitoringini yo‘lga qo‘yish (Zabbix, Uptime Kuma, Prometheus/Grafana) va muammolarga tezkor chora ko‘rish.

Zaxira nusxalash (Backup) strategiyasini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va avtomatlashtirish (Veeam, Bacula, Restic va b.).

Foydalanuvchilar va xizmatlar xavfsizligini nazorat qilish (Active Directory/LDAP, Firewall, kirish huquqlari siyosati).

Xodimlar kompyuterlari, periferiya (printer, skaner) hamda korporativ xizmatlar (mail server, 1C, fayl serverlar) bo‘yicha 2/3-darajali texnik qo‘llab-quvvatlash.

Kundalik vazifalarni skriptlar orqali avtomatlashtirish (Bash, PowerShell yoki Python).

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Tizim ma’muri sifatida kamida 3–5 yillik tasdiqlangan ish tajribasi.

OS: Linux (Debian/Ubuntu/RHEL) va Windows Server bo‘yicha chuqur amaliy bilimlar.

Virtualizatsiya: Proxmox VE, VMware yoki Hyper-V klasterlari bilan ishlash tajribasi.

Tarmoq bilimlari: TCP/IP, DNS, DHCP, VPN (WireGuard, OpenVPN, IPsec), VLAN, routing protokollari tushunchasi va amaliyoti.

Xavfsizlik & Zaxira: Fayllar va butun VM'larni zaxiralash, qayta tiklash (DRP) hamda xavfsizlik devorlari (Firewall/iptables) bilan ishlash ko‘nikmasi.

Avtomatlashtirish: Bash / PowerShell / Python yordamida skriptlar yoza olish.

Muammolarni tez va tizimli tahlil qilish (troubleshooting), hujjatlashtirish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati.