DEEP SPACE

Торговый представитель / Savdo agenti (restoranlar uchun Virtual kassa, POS-tizimi)

4 000 000 - 15 000 000 UZS
  • Самарканд
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет
  • Активные продажи
  • Поиск и привлечение клиентов
  • Планирование продаж
  • Современная розница

Kompaniya haqida
Biznex - restoran, kafe va fastfood uchun avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqaruvchi IT kompaniya. Sotuv jamoamizni restoranlar bilan bevosita uchrashadigan savdo agentlari bilan kengaytiryapmiz.
Tizimga kassa dasturi, ofitsiantlar uchun mobil ilova, oshxona ekrani va egasi uchun “Owner” ilovasi kiradi. Bugun tizimdan O’zbekiston bo’ylab 600 dan ortiq restoran va kafe foydalanadi.

Vazifalar

  • Biriktirilgan hududdagi restoran, kafe, choyxona va fastfudlarga tashrif buyurish.
  • Restoran egasi yoki boshqaruvchi bilan uchrashib, Biznex POS’ni planshetda ko’rsatish (demo).
  • Mijoz bilan shartnoma tuzish va o’rnatishni texnik jamoa bilan kelishish.
  • Har bir tashrifni CRM yoki Telegram orqali qayd etish (geolokatsiya va qisqa hisobot).
  • Ulangan mijozlar bilan aloqani saqlash: birinchi oylarda tizimdan yaxshi foydalanishlariga yordam berish.

Talablar

  • Savdo agenti, торговый представитель yoki B2B sotuv bo’yicha kamida 1 yil tajriba.
  • HoReCa, onlayn kassa, POS, to’lov terminallari yoki dasturiy ta’minot sotgan bo’lsangiz — katta afzallik.
  • Notanish odam bilan erkin gaplasha olish va “yo’q” javobidan tushkunlikka tushmaslik.
  • O’zbek tilini erkin bilish; rus tilida suhbatlasha olish.
  • Smartfon va planshetdan bemalol foydalanish.
  • Kuniga 10–12 ta tashrifga tayyorlik. Shaxsiy avtomobil bo’lsa afzallik.

  • Ish vaqti 9:00–18:00, dushanba–shanba.
  • Sotuvchilar jamoasini boshqaruvchi (supervayzer) lavozimiga o’sish imkoniyati.