MARKAB MULK

Mobilograf (kontent uchun suratga oluvchi)

7 000 000 - 7 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет

MARKAB kompaniyasi mobilograf qidirmoqda.

Biz avtomobil va maishiy texnikani nasiyaga (bo'lib to'lash) sotamiz. Sizning ishingiz — shu mahsulotlarni va kundalik ish jarayonini telefon orqali chiroyli suratga olish.

NIMA QILASIZ:

  • Avtomobillarni suratga olasiz: salonda, ko'chada, mijozga topshirish paytida
  • Telefonlar va maishiy texnikani suratga olasiz: mahsulot ko'rinishi, qutidan chiqarish, yaqindan olingan kadrlar
  • Ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa video va fotolar tayyorlaysiz (Reels, TikTok formatida)
  • Mijoz hikoyalari va jonli lahzalarni suratga olasiz

MUHIM — BUNI ALOHIDA AYTAMIZ:

MONTAJ SIZNING ZIMMANGIZDA EMAS. Siz faqat suratga olasiz, montajni boshqa odam qiladi. Agar siz montajchi bo'lsangiz va aynan montaj qilishni xohlasangiz — bu o'rin sizga to'g'ri kelmaydi.

TEXNIKA BIZDAN. O'z kamerangiz yoki telefoningiz bilan kelishingiz shart emas — kerakli texnikani kompaniya beradi.

SIZDAN KUTAMIZ:

  • Telefonda suratga olish bo'yicha amaliy tajriba, kamida 1 yil
  • Kadr, yorug'lik va rakurs haqida tushuncha
  • Portfolio — Instagram sahifa yoki ishlaringiz havolasi. Biz gapga emas, ishga qaraymiz
  • Mas'uliyat: bu kunlik ish, bir martalik loyiha emas

SHARTLAR:

  • Maosh 7 000 000 so'm
  • To'liq ish kuni, dushanbadan shanbagacha 09:00–19:00, yakshanba dam kuni
  • Ish rasmiy rasmiylashtiriladi
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Biruni-1B massivi, Chustiy MFY, 17-uy
  • Texnika kompaniyadan

ARIZA BERISHDA: iltimos, portfolio havolasini yoki Instagram sahifangizni birga yuboring. Portfoliosiz arizani baholay olmaymiz.