YATT KUCHKAROVA GULBAXOR AXMATOVNA
Оператор call-центра / Менеджер по продажам
6 000 000 - 15 000 000 UZS
- Продажа
- Телефонные переговоры
- Активные продажи
- Управление продажами
- Работа с базами данных
SOTUV MENEJERI KERAK!
Kompaniyamizga sotuv sohasida tajribaga ega, faol va mijozlar bilan yaxshi ishlay oladigan sotuv menejeri kerak.
Biz haqimizda:
Biz Xitoydan keltirilgan turli xil mahsulotlarni sotamiz. Do‘konimiz Sergeli tumanida joylashgan. Asosiy mijozlarimiz Instagram orqali murojaat qiladigan mijozlar hisoblanadi.
Ish vazifalari:
- Instagram orqali kelgan mijozlar bilan ishlash;
- Ofisimizga kelgan mijozlarga mahsulotlarni sotish;
- Mijozlarga mahsulotlar haqida tushuntirish va tavsiya berish;
- Telefon va Telegram orqali mijozlar bilan bog‘lanish;
- Mijozlarni xarid qilishga qiziqtirish va sotuvni amalga oshirish.
Talablar:
- Sotuv sohasida tajribaga ega bo‘lishi shart;
- Mijozlar bilan gaplashishni va sotishni bilishi;
- O‘zbek tilida ravon gaplasha olishi;
- Muomala madaniyatiga ega bo‘lishi;
- Faol, mas’uliyatli va chaqqon bo‘lishi;
- Sotuv qilishga qiziqishi va natijaga intilishi.
Ish joyi: Toshkent shahri, Sergeli tumani.
Oylik: 6 000 000 so‘mdan boshlanadi. Yaxshi sotuv natijalariga qarab daromad oshishi mumkin.
Muhim: Bizga shunchaki operator emas, Instagramdan kelgan va ofisga tashrif buyurgan mijozlarga mahsulotni sotishni biladigan haqiqiy sotuv menejeri kerak!
Agar sotuv tajribangiz bo‘lsa, bizning jamoamizga qo‘shiling!