-
Vakansiyalar bo'yicha e'lonlarni ish qidirish saytlariga (hh.uz, Telegram kanallar va h.k.) joylashtirish va yangilab borish;
-
Kelib tushgan rezyumelarni ko'rib chiqish va nomzodlar bilan dastlabki telefon orqali suhbatlar o'tkazish;
-
Nomzodlarni professional kompetensiyalari va korporativ madaniyatimizga mosligini baholash uchun intervyularni tashkil etish;
-
Ishga qabul qilish jarayonini to'liq muvofiqlashtirish va rahbariyatga nomzodlar bo'yicha hisobotlar berish;
-
Yangi xodimlarning moslashish (adaptatsiya) jarayonini kuzatib borish va qo'llab-quvvatlash.
-
Ish tajribasi: Xuddi shu yo'nalishda (rekruting yoki HR sohasida) 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi;
-
O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
-
O‘zbek va rus tillarida erkin va ravon muloqot qila olish (ingliz tilini bilish qo'shimcha ustunlik beradi);
-
Insonlar bilan tez til topisha olish, xushmuomalalik va mas'uliyatlilik;
-
Kompyuter dasturlaridan (MS Office, Google Workspace, Telegram va ijtimoiy tarmoqlar) erkin foydalana olish.
Biz taklif qilamiz:
-
Ish vaqti: Dushanba – shanba, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
-
Barqaror oylik maosh: 3 000 000 – 4 500 000 so'm (suhbat natijasiga ko'ra malakangizga qarab belgilanadi);
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
-
Tarmoq ichida kasbiy va karyeraviy o'sish imkoniyatlari;
-
Ahil, yosh va dinamik jamoa.