MEGA MILKFOOD
Сотув вакили / Торговый представитель
- Навыки переговоров
- Телефонные переговоры
- Активные продажи
- Поиск и привлечение клиентов
- Работа с базами данных
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Русский — B1 — Средний
VELUX — O‘zbekiston bozorida 1 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan, maishiy kimyo mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or tovarlarini ishlab chiqarish hamda distribyutsiya qilishga ixtisoslashgan jadal rivojlanayotgan kompaniya.
Kompaniyamizning asosiy faoliyat yo‘nalishi — kundalik hayotda tozalik, gigiyena va qulaylikni ta’minlashga xizmat qiluvchi sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishdir.
VELUX o‘z distribyutorlik tarmog‘ini kengaytirish, yangi hamkorlarni jalb qilish va bozordagi o‘rnini mustahkamlash ustida faol ish olib bormoqda.
Kompaniyamiz HoReCa segmentida ham faoliyat yuritadi. Jumladan, mehmonxonalar, restoranlar, kafelar, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa biznes tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Bizning asosiy maqsadimiz — mijozlarga sifatli, hamyonbop va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni taklif etish, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish hamda har bir mijoz va hamkor uchun ishonchli sherik bo‘lishdir.
VELUX — tozalik, sifat va ishonch sari birgalikda!
Biz doimiy rivojlanishga, yangi imkoniyatlar yaratishga va professional jamoani shakllantirishga intilamiz. VELUX bilan birgalikda o‘sing va muvaffaqiyatga erishing!
📍 Bo‘sh ish o‘rinlari mavjud hududlar:
-
Shayxontohur tumani
-
Olmazor tumani
-
Chilonzor tumani
-
Yunusobod tumani
-
Yashnobod – Bektemir tumani
💰 ISH HAQI:
3 500 000 so‘mdan 15 000 000 so‘mgacha
Daromad ish natijalari va belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
🕘 ISH GRAFIGI:
-
Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha
-
Ish kunlari: 6/1
📋 ASOSIY VAZIFALAR:
-
Yangi mijozlarni izlash va jalb qilish.
-
Biriktirilgan hududda mijozlar bazasini kengaytirish.
-
Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va mahsulotlarni taqdim etish.
-
Buyurtmalarni qabul qilish va rasmiylashtirish.
-
Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
-
Savdo rejasi va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
👤 NOMZODGA TALABLAR:
-
Muloqotga kirishuvchanlik va faol hayotiy pozitsiya.
-
Muzokara olib borish qobiliyati.
-
Mas'uliyatlilik va natijaga intiluvchanlik.
-
Yaxshi daromad topish va rivojlanishga bo‘lgan xohish.
-
Savdo sohasidagi ish tajribasi ustunlik beradi.
🎁 BONUSLAR VA MUKOFOTLAR:
-
Yuqori natijalar uchun qo‘shimcha pul bonuslari.
-
Kompaniya ta'sischilari tomonidan maxsus mukofotlar.
-
Rahbariyat tomonidan rag‘batlantirish va bonuslar.
-
Savdo rejasini ortig‘i bilan bajarganlik uchun qo‘shimcha to‘lovlar.
-
Alohida yutuqlar uchun individual mukofotlar.
-
Pul mukofotlari bilan motivatsion aksiyalar va tanlovlar.
🏆 Biz tashabbuskor xodimlarni qadrlaymiz va ularning mehnatini munosib rag‘batlantiramiz!