АКБ «Банк развития бизнеса»

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Yuridik bo'limi boshlig'i

Не указана
  • Нурафшон
  • Полная занятость
  • От 3 до 6 лет

Talablar:

  • Oliy yuridik maʼlumot. Yuridik (sud, huquq) yoki qarzdorliklar bilan ishlash sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimiga oid qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini hamda yuridik xizmatning asosiy yoʻnalishlari va funksiyalarini yaxshi bilish;
  • Davlat tilini mukammal bilish (yozma va ogʻzaki). Rus-ingliz tillarini bilish ustunlik beradi.
  • Microsoft Office (Excel, PowerPoint, Word), moliyaviy tahlil va hisobotlarni tuzish uchun dasturlardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish.
  • Maʻlumotlarni tahlil qila olish, yozishmalar olib borish hamda hujjatlar bilan ishlay olish koʻnikmalariga ega boʻlish.
    Vazifalar:
  • Bosh amaliyotlar boshqarmasi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash;
  • Bosh amaliyotlar boshqarmasi xodimlari tomonidan imzolanayotgan hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazorat olib borish;
  • Bosh amaliyotlar boshqarmasi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda ishtirok etish;
  • Bankning mulklari saqlanishini huquqiy vositalar orqali taʼminlash ishlarini tashkil qilish;
  • Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
    Ish sharoiti:

Toʻliq 5 ish kuni (09:00–18:00);

Ish joyi bankning markaziy idorasida;

Munosib ish haqi.