UzAuto Motors

AGTKSh guruhi , Yonilg‘i va yoqilg‘i moylash materiallari quyuvchisi

Не указана
  • Андижан
  • Полная занятость
  • От 3 до 6 лет

“UzAuto Motors“ AJ Transport tashuvlari boshqarmasi, YoMM va Avtogazto‘ldirish kompressor shahobchasi (AGTKSh) bo‘linmasi, AGTKSh guruhi Yonilg‘i va yoqilg‘i moylash materiallari quyuvchisi lavozimiga tanlov e’lon qilamiz.

Аsosiy vazifalari:

  • Balonlarni siqilgan tabiiy gaz bilan to‘ldirish yo‘riqnomasi hamda «Texnik reglament» talablariga qat’iy rioya qilgan holda, avtotransport vositalariga gaz to‘ldirish ishlarini o‘z vaqtida va belgilangan tartibda bajarish;

  • “AGTKShni xavfsiz ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Bosim ostida ishlovchi idishlar va apparatlarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma”, shuningdek, boshqa tegishli qoidalar va avtomobillarga yoqilg‘i quyish tartibi talablariga qat’iy amal qilish;

  • Gaz to‘ldirish kolonkalari va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, ularning doimo soz holatda bo‘lishini ta’minlash;

  • Faqat texnik jihatdan soz uskunalarga ega bo‘lgan avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz (STG) quyish;

  • Gaz quyish kolonkalaridagi o‘lchov vositalari (manometrlar) orqali STG bosimini nazorat qilish va uning belgilangan me’yordan (200 kg/sm²) oshmasligini ta’minlash;

  • Jihozlar va o‘lchov asboblarida nosozlik aniqlangan taqdirda, zudlik bilan shahobcha operatoriga, jihozlar bo‘yicha ustaga, shahobcha mexanigiga, 2-toifali muhandisga hamda guruh boshlig‘iga xabar berish.

Talablar:

  • Ma’lumoti: O‘rta yoki O‘rta-maxsus;
  • Soha bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega
  • Jinsi: Erkak
  • Yoshi: 18 yoshdan yuqori;
  • Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining maxsus dasturlari asosida o‘qigan va guvohnomaga, soha bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega, korxona siyosati, printsiplari, strategiyalarini tushinishi va maʼlumotlarni sir saqlashishi.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Mehnat ta’tili;
  • Maxsus uniforma;
  • Issiq ovqat;
  • Tibbiy ko‘rik va malaka oshirish kurslari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish vaqti: Ish grafik asosida;
  • Ish joyi: Asaka shahar.