UzAuto Motors
Transport tashuvlari direksiyasi - Avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar
Не указана
“UzAuto Motors” AJ Transport tashuvlari direksiyasi, Texnik xizmat ko‘rsatish va avtomobillarni joriy ta’mirlash bo‘limi, Avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar lavozimiga tanlov e’lon qilamiz.
Аsosiy vazifalari:
- Avtotransport vositalarini joriy ta’mirlashni amalga oshirish, shu jumladan detallarni qismlarga ajratish, ta’mirlash, ajratilgan qismlarni tozalash va moylash;
- Avtotransport vositalarilarni eskirish (yemirilish) darajasini aniqlash, eskirgan qismlarni almashtirish;
- Avtotransport vositalari agregatlari, qurilmalari va priborlarini yig‘ish va zarur hollarda ularni almashtirish;
- Avtotransport vositalari moy tizimlarini moyni almashtirish orqali yuvish;
- Avtotransport vositalari tormoz tizimlarini sozlash, qo‘l va oyoq bilan boshqariladigan tormozlarning sozligini tekshirish;
- Avtotransport vositalariga kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish: ishdan chiqqan detallarni, agregatlarni va yig‘ma konstruksiyalarni ta’mirlash va zarur hollarda ularni almashtirish;
Talablar:
- Ma’lumoti: O‘rta va O‘rta-maxsus;
- Soha bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega
- Soha bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega, korxona siyosati, printsiplari, strategiyalarini tushinishi va maʼlumotlarni sir saqlashishi.
Mehnat sharoitlari:
- Ijtimoiy paket;
- Mehnat ta’tili;
- Maxsus uniforma;
- Issiq ovqat;
- Tibbiy ko‘rik va malaka oshirish kurslari;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
- Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
- Ish vaqti: Ish grafik asosida;
- Ish joyi: Asaka shahar.