HOME TERRY TEXTILE
Bo‘yoq sexi mutaxassisi
- красильный
- Контроль качества
- Работа с документами
- Ответственное хранение
- Навыки переговоров
«Home Terry Textile» — yuqori sifatli to‘qimachilik va sochiq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Samarqand viloyatidagi yetakchi korxonalardan biridir.
Vazifalar:
— Kunlik ishlab chiqarish rejasini tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash
— Bo‘yash texnologiyasi va retsepturaga rioya qilinishini nazorat qilish
— Bo‘yoq sexi xodimlari (usta, operatorlar, OTK) ishini tashkil etish va boshqarish
— Xom ashyo, bo‘yoq va kimyoviy moddalar sarfini doimiy nazorat qilish
— Ishlab chiqarish hisobotlarini tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish
Talablar:
— To‘qimachilik yoki bo‘yoq sexida kamida 2 yil ish tajribasi
— Rus tilini ishchi (so‘zlashuv va hujjatlarni tushunish) darajasida bilish afzallik
— Kompyuter dasturlarini yaxshi bilish va ishlab chiqarish hisobotlarini elektron shaklda yuritish ko‘nikmasi
— Jamoani boshqara olish va vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmasi
Imkoniyatlar:
— Rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishga rasmiylashtirish
— Xodimlar uchun mazali tushlik tashkil etilgan
— Barqaror va rivojlanayotgan zamonaviy korxonada karyera o‘sishi imkoniyati
— Yaxshi jamoa va qulay ish muhiti