Savdo bo‘limi rahbari
Faoliyat yo‘nalishi: Qurilish va pardozlash materiallari savdosi
Kompaniya haqida
Kompaniyamiz laminat, devor panellari, premium bo‘yoqlar, dekorativ qoplamalar (Otteciento) va boshqa qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanadi.
Kompaniya tarkibida 5 ta savdo do‘koni mavjud. Har bir do‘konda 2–3 nafardan sotuvchi faoliyat yuritadi.
Biz savdo tarmog‘ini rivojlantirish, jamoani samarali boshqarish va biznes jarayonlarini tizimlashtirishga qodir kuchli rahbarni izlayapmiz.
Asosiy vazifalar
-
5 ta savdo do‘konining faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
-
Savdo strategiyasini ishlab chiqish, savdo rejasi va KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash.
-
Chakana, ulgurji, onlayn va B2B savdo yo‘nalishlarini rivojlantirish.
-
Dizaynerlar, ustalar, prorablar va qurilish tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
-
Call-markaz va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish.
-
Xodimlarni tanlash, o‘qitish, motivatsiya qilish va boshqarish.
-
CRM, 1C ni mukammal bilish.
-
Savdo, tovar aylanmasi, xarajatlar va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.
-
Marketing, SMM va HR yo‘nalishlarini nazorat qilish
-
Biznes jarayonlarini bosqichma-bosqich takomillashtirish va samaradorlikni oshirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
-
Savdo sohasida rahbarlik lavozimida muvaffaqiyatli ish tajribasi.
-
Bir nechta savdo nuqtalari yoki filiallarni boshqarish tajribasi.
-
Chakana, ulgurji savdo va B2B yo‘nalishlarini yaxshi bilish.
-
Distribyutsiya va mijozlar bazasini rivojlantirish tajribasi.
-
Jamoani boshqarish, KPI va OKR tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi.
-
Moliyaviy savodxonlik va kuchli analitik fikrlash.
-
Excel dasturini yuqori darajada bilish.
-
amoCRM, 1C, Trello va AI vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
Shaxsiy fazilatlar
-
Halol, vijdonli va sadoqatli.
-
Kuchli liderlik va kommunikatsiya qobiliyatiga ega.
-
O‘ziga ishongan, tashabbuskor va mustaqil qaror qabul qila oladigan.
-
Mas’uliyatli, stressga chidamli va natijaga yo‘naltirilgan.
-
Jamoani bir maqsad sari birlashtira oladigan.
-
Xodimlarni ruhlantirish va rivojlantirish qobiliyatiga ega.
-
Boshlagan ishini oxirigacha yetkazadigan va doimiy rivojlanishga intiladigan.
Ish sharoitlari
-
Ish vaqti: 08:00 dan 19:00 gacha.
-
5 ta savdo do‘konini boshqarish va rivojlantirish imkoniyati.
-
Kompaniya rahbariyati bilan bevosita hamkorlik.
-
Biznes jarayonlarini birgalikda tizimlashtirish va rivojlantirish imkoniyati.
Muhim
Nomzodning avvalgi ish joylaridagi faoliyati, kasbiy natijalari va ishchanlik obro‘si tekshiriladi. Avvalgi rahbarlari va hamkasblaridan tavsiyalar olinadi.
Bizga shunchaki rahbar emas, balki halol, ishonchli, kuchli lider va jamoasi bilan birgalikda real natijalarga erisha oladigan mutaxassis kerak.