Национальная страховая компания Узбекинвест
Sug‘urta sohasida xodimlar salohiyatini rivojlantirish markazi direktori
- Sug‘urta sohasida xodimlar salohiyatini rivojlantirish markaziga, Sug‘urta maktabi va akademiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, joriy va strategik rejalarni belgilash.
- Kompaniya va uning hududiy bo‘linmalarining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini, lavozimlar ro‘yxatini hamda shtat jadvalini shakllantirish.
- Xodimlarni tanlash, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va rotatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Rahbarlik lavozimlari uchun xodimlar zaxirasini shakllantirish, uning holatini monitoring qilish va takomillashtirish.
- Mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish.
-
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaning vakolatli a’zosi vazifalarini bajarish.
-
Akademiya va Sug‘urta maktabi faoliyatiga strategik, tashkiliy va uslubiy rahbarlikni ta’minlash, shu jumladan sug‘urta sohasi xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, o‘quv-uslubiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish.
-
Fuqarolar va xodimlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish.
-
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
-
Xodimlarni boshqarish, o‘qitish yoki rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
-
O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligini professional darajada bilish.
-
Yuridik bilimlarga, shu jumladan mehnat huquqi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish.
-
Xodimlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik tajribasiga ega bo‘lish.
-
Xodimlar hujjatlarini yuritish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish sohasida chuqur bilimga ega bo‘lish.
-
Xodimlarni tanlash, baholash, attestatsiyadan o‘tkazish va kasbiy rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
-
Kadrlar zaxirasini shakllantirish va iqtidorli xodimlarni boshqarish (Talent Management) jarayonlarini tushunish.
-
Tashkiliy tuzilma va shtat jadvali bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.
-
O‘zbek va ingliz tillarini yaxshi bilish.
-
Yuqori darajadagi mas’uliyat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
-
Psixologiya sohasida bilimlarga va nizoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
-
HR-jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari, zamonaviy HR va IT texnologiyalarini bilish.
-
Zamonaviy sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish va ularni kasbiy faoliyatda amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
-
Yuridik ma’lumotga va ilmiy darajaga ega bo‘lish.
-
Mehnat huquqi va korporativ hujjatlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.
-
Sug‘urta sohasida yoki moliya sektorida ish tajribasiga ega bo‘lish.
-
Avvalgi ish joyida xodimlarni boshqarish (HR) sohasida salmoqli natijalarga erishgan bo‘lish.
-
Barqaror, nufuzli va jadal rivojlanayotgan xalqaro kompaniyada ishlash imkoniyati.
-
Professional va tajribali jamoada faoliyat yuritish.
-
Kasbiy va lavozim jihatidan rivojlanish imkoniyati.
-
Muntazam xorijiy stajirovkalarda ishtirok etish va malaka oshirish imkoniyati.
-
Rasmiy ishga joylashtirish.
-
Mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat sharoitlari.
-
Ish haqi 20 mln so‘mdan boshlab, qo‘shimcha ravishda mukofotlar va bonuslar to‘lanadi.