Vazifalar:
- Masters Club loyihasining kundalik faoliyati va tashkiliy jarayonlarini boshqarish hamda nazorat qilish;
- Loyiha doirasidagi tadbirlar, uchrashuvlar va boshqa tashkiliy jarayonlarni rejalashtirish hamda muvofiqlashtirish;
- Hamkorlar va manfaatdor tomonlar bilan professional muzokaralar olib borish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- Loyiha faoliyatining belgilangan reja va maqsadlarga muvofiq amalga oshirilishini ta'minlash;
- Loyiha samaradorligi, rivojlanish ko‘rsatkichlari va mavjud muammolarni muntazam tahlil qilish;
- Loyiha faoliyati yuzasidan tahliliy ma'lumotlar va hisobotlarni tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish;
- Loyiha doirasidagi vazifalar ijrosi va mas'ul shaxslar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Masters Club rivojlanishi bo‘yicha yangi taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish.
- Loyihalarni boshqarish, menejment yoki tashkiliy faoliyat yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lish;
- Muzokaralar olib borish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish qobiliyati;
- Jamoani muvofiqlashtirish va tashkiliy jarayonlarni boshqarish ko‘nikmasi;
- Tahliliy fikrlash, rejalashtirish va strategik yondashuv;
- Natijaga yo‘naltirilganlik, mas'uliyatlilik va tashabbuskorlik;
- Hisobotlar tayyorlash va loyihaning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasi;
- Og‘zaki va yozma muloqot madaniyatiga ega bo‘lish.
- Norbekov biznes markazida rasmiy ishga joylashish;
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish;
- Mustaqil qarorlar qabul qilish va loyiha rivojiga hissa qo‘shish imkoniyati;
- Professional va rivojlanishga yo‘naltirilgan jamoada faoliyat yuritish;
- Ish haqi nomzodning malakasi va tajribasidan kelib chiqib, suhbat davomida kelishiladi.