ASLZAR
Менеджер по активным продажам
7 000 000 - 10 000 000 UZS
- Активные продажи
- Поиск и привлечение клиентов
- Телефонные переговоры
Kompaniya haqida
Biz qimmatbaho toshlar savdosi va ularni muddatli to’lovga berishga ixtisoslashgan kompaniyamiz. Respublika bo’ylab 40 dan ortiq filialimiz bor. Jamoamizga savdoni chuqur biladigan va liderlik qobiliyatiga ega mutaxassisni taklif qilamiz.
Vazifalaringiz:
- Tashkilot va korxonalarga tashrif buyurish va maxsulotlarimizni mijozlarga sotish
- Tashkilot xodimlariga mahsulotlarimiz, aksiyalar va narxlarni taqdim etish
- Mijozlarga barcha masalalar bo’yicha maslahat berish
- Shartnomalar tuzish va kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish
- Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan aloqani rivojlantirish
Talablar:
- Muloqotga ochiqlik, xushmuomalalik va samimiylik
- Faollik, tashabbuskorlik va tez o’rganish qobiliyati
- Yaxshi xotira va tez hisoblay olish
- Sotuv tajribasi afzallik beradi
- Shaxsiy avtomobil bo’lishi shart (Yigitlar uchun)
Biz taklif qilamiz:
- Shahar markazida joylashgan ofis
- Ish grafigi 6/1, soat 09:00 dan 19:00 gacha
- Kompaniya ichida karyera va rivojlanish imkoniyatlari
- Kompaniya hisobidan bepul tushlik