TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY

Videograf | Fotograf | Video montaj ustasi

4 000 000 - 8 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет
  • Видеосъемка
  • Видеомонтаж
  • Фотосъемка
  • Монтаж коротких видео
  • Adobe After Effects
  • Композиция

Tashkent International University (TIU) jamoasiga foto va video kontent yaratishni yaxshi ko‘radigan, kreativ fikrlaydigan va o‘z ishining natijasi uchun mas’uliyatni his qiladigan mutaxassis izlayapmiz!

Bizga universitet hayotini, tadbirlarni, talabalar va professor-o‘qituvchilar faoliyatini sifatli foto va videolarda aks ettira oladigan universal mutaxassis kerak.

Bu lavozimda siz nafaqat suratga olish va montaj bilan, balki universitet tadbirlarini texnik jihatdan tayyorlash va tashkil etishda ham ishtirok etasiz.

📌 Asosiy vazifalar:

Foto va video suratga olish:

  • Instagram, YouTube, Telegram va boshqa platformalar uchun video kontent suratga olish.

  • Universitet tadbirlari, ma’ruzalar, intervyular va uchrashuvlarni foto va videoga olish.

  • Reels, Shorts, intervyu, reportaj va imij videolarini tayyorlash.

  • Suratga olish jarayonini mustaqil tashkil etish: kamera, yorug‘lik, ovoz va kerakli jihozlarni tayyorlash.

  • Talabalar, professor-o‘qituvchilar va boshqa ishtirokchilar bilan ishlash.

Video montaj va foto ishlov berish:

  • Turli format va davomiylikdagi videolarni montaj qilish.

  • Fotosuratlarni qayta ishlash va nashrga tayyorlash.

  • Videolarga subtitr, musiqa, grafik elementlar va boshqa effektlarni qo‘shish.

  • Kontentni turli ijtimoiy tarmoqlar formatiga moslashtirish.

Texnik va tashkiliy vazifalar:

  • Tadbirlar va suratga olish jarayonlari uchun texnik jihozlarni tayyorlash.

  • Mikrofon, kolonka, proyektor va ovoz uskunalarini sozlash.

  • Tadbirlar davomida texnik jarayonlarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash.

  • Foto va video jihozlarining sozligi va saqlanishini nazorat qilish.

🧠 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Foto va video suratga olish bo‘yicha amaliy tajriba.

  • Videoni mustaqil montaj qilish va fotosuratlarga ishlov berish ko‘nikmasi.

  • Yorug‘lik, ovoz va kadr kompozitsiyasini yaxshi tushunish.

  • Video montaj va foto ishlov berish dasturlarida ishlay olish.

  • Instagram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlar formatlarini tushunish.

  • Mas’uliyatlilik, tartiblilik va belgilangan muddatlarga rioya qilish.

  • Zarurat bo‘lganda kechki tadbirlar va dam olish kunlari ishlashga tayyorlik.

🎥 Qo‘shimcha ustunliklar:

  • Professional kamera, obyektiv, yorug‘lik va ovoz uskunalari bilan ishlash tajribasi.

  • Tadbirlar, intervyu va reportajlarni suratga olish tajribasi.

  • Adobe Premiere Pro, After Effects, DaVinci Resolve, Photoshop, Lightroom yoki boshqa o‘xshash dasturlarni bilish.

  • Reels va YouTube Shorts uchun dinamik va kreativ videolar tayyorlay olish.

  • Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi.

📈 Biz taklif qilamiz:

  • Maosh: 4 000 000 – 8 000 000 so‘m (tajriba va ko‘nikmalarga qarab).

  • To‘liq ish kuni, Toshkent shahridagi ofisda ishlash.

  • Xalqaro universitetning real loyihalari va tadbirlarida ishtirok etish.

  • Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish va professional rivojlanish imkoniyati.

  • Marketing, dizayn va kontent mutaxassislaridan iborat jamoada ishlash.

  • Universitetning vizual uslubini rivojlantirishda ishtirok etish.

Ariza topshirishda foto va video ishlaringizdan iborat portfolio yoki ish namunalari havolasini yuborishingiz shart.

Agar suratga olish, montaj va kreativ kontent yaratish sizga qiziq bo‘lsa, jamoamizga qo‘shiling!