НОУ SAMARQAND TILLAR MAKTABI

Bosh adminstrator

5 000 000 - 8 000 000 UZS
  • Самарканд
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет
  • Административная поддержка руководителя
  • Корпоративная этика
  • Управление командой
  • Аналитическое мышление

Bosh administrator (filialni operatsion jihatdan boshqarish)
«Samarqand til maktabi» (STM), Samarqand

Biz haqimizda
STM Samarqanddagi eng yirik 5 ta o’quv markazidan biri. Markazda barcha jarayonlar yozma standartlar asosida ishlaydi, ish CRM va ClickUp orqali olib boriladi. Biz filialni mustaqil boshqara oladigan, natijaga javob beradigan operatsion adminstrator izlayapmiz.

Vazifalar:

  • Filialning kundalik ishini boshqarish: ochilish, darsga tayyorgarlik, tozalik va texnik holat.
  • To’lovlarni yig’ish va qarzdorlik bilan ishlash rejasini bajarish
  • 6 ta yo’nalishdagi xodimlarga rahbarlik qilish: administrator, to’lov menejeri, SMM, videograf, tozalik xodimlari.
  • Ijtimoiy tarmoqlar va media reja bajarilishini nazorat qilish
  • O’quvchi va ota-onalarning murojaatlarini belgilangan muddatda hal qilish
  • Imtihonlar, tadbirlar va xo’jalik ishlarini tashkil etish
  • Haftalik hisobot va tahlil tayyorlash. Siz operatsion direktorga bo’ysunasiz.

Talablar:

  • O’quv markazida administrator sifatida kamida 1 yil tajriba
  • Oliy, tugallanmagan oliy yoki o’rta maxsus ma’lumot
  • MS Office va buxgalteriya dasturlarida erkin ishlash
  • Xodimlarni boshqarish va nizolarni hal qilish ko’nikmasi
  • Halollik, intizom, mustaqil qaror qabul qila olish

Biz taklif qilamiz:

  • Oylik KPI asosida hisobalanadi va 5 mln.dan 8 mln. so`mgacha.
  • Aniq standartlar va tayyor tizim, ishni noldan qurish shart emas
  • Rahbarlik tajribasi va yangi filiallarda o’sish imkoniyati
  • Ish kunlari dushanbadan shanbagacha, soat 08:30 dan 18:00 gacha. Kunlik vazifalar yakunlanmasa, ish vaqti uzayishi mumkin.
  • Sinov muddati 1 oy
  • O`sish bosqichi: Adminstrator - Bosh adminstrator - Operatsion direktor - Direktor - Filiallar boshqaruvchisi

Saralash bosqichlari: rezyume → telefon orqali suhbat → markazda suhbat → amaliy topshiriq