NAJOT TA’LIM MARKAZI

Менеджер по продажам B2B

От 8 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • От 3 до 6 лет

Najot Ta’lim jamoasiga korporativ mijozlar bilan ishlaydigan va B2B savdo yo‘nalishini rivojlantira oladigan B2B Sales Manager izlayapmiz.

Sizning asosiy vazifangiz — kompaniyalarning ehtiyojini tushunish, ular uchun mos ta’lim yechimlarini taklif qilish va hamkorlikni natijagacha olib borish.

Asosiy vazifalar:

  • Yangi korporativ mijozlarni izlash va jalb qilish;
  • Kompaniyalar va ularning rahbarlari bilan uchrashuvlar, taqdimotlar va muzokaralar o‘tkazish;
  • Mijozning ehtiyojini aniqlash va unga mos ta’lim yechimini taklif qilish;
  • Tijoriy takliflarni tayyorlash va taqdim etish;
  • Bitimni birinchi aloqadan shartnoma imzolanishigacha olib borish;
  • Mavjud korporativ mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish;
  • Mijozlar bazasi va savdo jarayonini CRM tizimida yuritish;
  • Shaxsiy savdo ko‘rsatkichlarini bajarish.

Talablar:

  • B2B savdo sohasida kamida 2 yil tajribaga ega bo'lishi;
  • Kompaniyalar va qaror qabul qiluvchi rahbarlar bilan muzokara olib bora olishi;
  • Savdo jarayonini mustaqil boshqarib, bitimni yakuniga yetkaza olishi;
  • Kuchli kommunikatsiya va taqdimot ko‘nikmalariga ega bo'lishi;
  • O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olishi;
  • CRM tizimlarida ishlash tajribasiga ega bo'lishi;
  • Natijaga yo‘naltirilgan va o‘z ishini mustaqil tashkil qila olishi;
  • Mas’uliyatli, faol va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabat o‘rnatishni bilishi.