Vaksina Healthcare

Sotuv menejeri

3 000 000 - 15 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Нет опыта

SOTUV MENEJERI KERAK!

Sotuv menejerlarini ishga taklif qiladi!

Kompaniya haqida:

Tashqi reklama va dizayn sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya. Biz 3D hajmli harflar, yorug‘likli va yorug‘liksiz harflar, reklama peshlavhalari, bannerlar, lightbox va fasad bezaklari tayyorlash bilan shug‘ullanamiz.

Asosiy vazifalar:

  • Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan ishlash.

  • Telefon, Telegram va Instagram orqali kelgan murojaatlarga javob berish.

  • Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos xizmatlarni taklif qilish.

  • Narx va xizmatlar bo‘yicha muzokaralar olib borish.

  • Buyurtmalarni CRM tizimiga kiritish va nazorat qilish.

  • Dizayner, ishlab chiqarish va montaj jamoasi bilan hamkorlik qilish.

  • Buyurtmalar o‘z vaqtida bajarilishini kuzatish.

  • Mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lish va sotuv hisobotlarini yuritish.

Nomzodga talablar:

  • Rus tilini yaxshi bilishi shart.

  • O‘zbek tilida ravon muloqot qila olishi.

  • Sotuv sohasida tajribaga ega bo‘lishi.

  • Mijozlar bilan muloqot va muzokara olib borish qobiliyati.

  • Mas’uliyatli, faol va natijaga intiluvchan bo‘lishi.

  • Kompyuter va CRM tizimlarida ishlay olishi.

  • Jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi.

Ish sharoitlari:

  • Oylik: 3 000 000 so‘m FIX + sotuvdan 2–4% komissiya.

  • Ish grafigi: 6/1, 09:00–18:00.

  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Navoiy kinoteatri mo‘ljali.

  • Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati.

  • Faol va ahil jamoada ishlash.

Agar siz sotuv sohasida o‘z mahoratingizni namoyon etib, yuqori natijalarga erishishni istasangiz, jamoamizga qo‘shiling!