NEXT GENERATION DEVELOPMENT
Savdo va biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
- B2B маркетинг
- Контент-маркетинг
- анализ
- CRM
- Коммуникабельность
- B2B Продажи
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Русский — B2 — Средне-продвинутый
Kompaniya haqida
NGD — menejment konsalting kompaniyasi. Biz korxonalarga Kaizen, Tejamkor ishlab chiqarish, Operatsion boshqaruv, Raqamli transformatsiya yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatamiz.
Jamoamizga tijorat faoliyati va biznesni rivojlantirish yo‘nalishida ishlashni istagan faol va tashabbuskor yosh mutaxassis izlayapmiz.
Asosiy vazifalar
-
Marketing kampaniyalaridan kelib tushgan murojaatlarni qayta ishlash va mijozlar bilan muloqot qilish.
-
Potensial mijozlarni izlash, ular bilan bog‘lanish va uchrashuvlar tashkil etish.
-
Tijorat takliflari (КП), shartnomalar va taqdimotlarni tayyorlash.
-
CRM tizimini yuritish, mijozlar bazasi va savdo jarayonlarini nazorat qilish.
-
Mijozlar bilan muntazam aloqada bo‘lish va tijorat takliflari bo‘yicha follow-up qilish.
-
Telegram, Instagram va boshqa platformalar uchun marketing matnlarini tayyorlash.
-
Konsalting loyihalari bo‘yicha ma’lumot yig‘ish va Case Study loyihalarini tayyorlash.
-
Canva orqali oddiy dizaynlar va PowerPoint taqdimotlarini tayyorlash.
-
Kaizen treninglari, biznes uchrashuvlari va boshqa tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
-
O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish va savodli yozish.
-
Word, Excel va PowerPoint dasturlaridan foydalana olish.
-
Canva va ChatGPT kabi AI vositalaridan foydalanishga qiziqish.
-
Yaxshi kommunikatsiya va yozish ko‘nikmalari.
-
Mas’uliyatlilik, tartiblilik va tashabbuskorlik.
-
Yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish va mustaqil ishlash qobiliyati.
Ish tajribasi majburiy emas. Universitet bitiruvchilari va sohada faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.
Biz taklif qilamiz
-
Konsalting kompaniyasida amaliy ish tajribasi.
-
Kompaniya rahbariyati bilan bevosita ishlash.
-
Turli sohalardagi korxonalar va biznes vakillari bilan muloqot qilish imkoniyati.
-
Savdo, marketing va biznes boshqaruvi bo‘yicha rivojlanish.
-
Kasbiy o‘sish va kelajakda Business Development Manager lavozimiga ko‘tarilish imkoniyati.
Agar siz faol, tashabbuskor va biznes sohasida rivojlanishga intilayotgan bo‘lsangiz, rezyumengizni bizga yuboring (Telegram): abdulazizm_a