ANANAS KIDS

Маркетолог

15 000 000 - 20 000 000 UZS
  • Самарканд
  • Полная занятость
  • От 3 до 6 лет
Vazifalar:
  • MARKETING DIRECTOR / SENIOR MARKETOLOG

    «ANANAS» kompaniyasi professional marketologni o‘z jamoasiga taklif qiladi!

    Bizga shunchaki reklama yurituvchi emas, balki kompaniyaning marketing strategiyasini ishlab chiqadigan, brendni rivojlantiradigan va savdo o‘sishiga real natija olib keladigan kuchli mutaxassis kerak.

    TALABLAR:

    1. Marketing sohasida kamida 3–5 yillik professional ish tajribasi.

    2. Kompaniya uchun uzoq muddatli marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

    3. Marketing bo‘yicha oylik, choraklik va yillik rejalarni tuzish.

    4. Bozor, raqobatchilar va iste’molchilar xulq-atvorini chuqur tahlil qilish.

    5. Maqsadli auditoriyani aniqlash va mijozlar segmentatsiyasini amalga oshirish.

    6. Brend pozitsiyasini shakllantirish va brendni bozorda rivojlantirish.

    7. Performance Marketing va Digital Marketing yo‘nalishlarini professional darajada bilish.

    8. Reklama kanallari samaradorligini tahlil qilish va reklamadan keladigan ROI ni oshirish.

    9. Marketing budjeti va resurslarini samarali boshqarish.

    10. Blogerlar, influencerlar va hamkor kompaniyalar bilan strategik hamkorlik o‘rnatish.

    11. SMM, kontent-marketing, target va reklama kampaniyalarini boshqarish.

    12. Mijozlarni jalb qilish, ushlab qolish va qayta xaridni oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

    13. CRM, CJM, SWOT, raqobatchilar tahlili va KPI bilan ishlash.

    14. Marketing jamoasini shakllantirish, boshqarish va natijalarini nazorat qilish.

    15. Marketing faoliyati bo‘yicha muntazam hisobot va tahlil taqdim etish.

    MUHIM KO‘NIKMALAR:

    • Strategik va analitik fikrlash.

    • Liderlik va boshqaruv qobiliyati.

    • Kreativ yondashuv va tashabbuskorlik.

    • Muzokara olib borish mahorati.

    • Raqamlar va natijalar bilan ishlash.

    • Mustaqil qaror qabul qilish.

    • Jamoa bilan samarali ishlash.

    BIZ TAKLIF QILAMIZ:

    • Oylik maosh: 15–20 mln so‘m (tajriba va natijaga qarab).

    • KPI asosida qo‘shimcha bonuslar.

    • Rahbariyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkoniyati.

    • Marketing strategiyasini amalga oshirishda mustaqillik.

    • Professional o‘sish va karyera rivojlanishi.

    • Zamonaviy ish muhiti va kuchli jamoa.

    Ish formati: Ofisda, ish beruvchining joyida.

    Ish vaqti: Kelishuv asosida.

    📍 Manzil: Samarqand shahri, Yangi bozor, Umar savdo kompleksi.