ACTIVEPOLIMER PIPES

Главный бухгалтер

7 000 000 - 10 000 000 UZS
  • Фергана
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет
Bosh hisobchi (Ishlab chiqarish korxonasi)
Maosh: 7 000 000 so‘mdan boshlanadi (tajribaga qarab kelishiladi)
Ish joyi: Farg‘ona shahri
Faoliyat yo‘nalishi: Polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish
Bandlik: To‘liq stavka

Biz haqimizda
Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish korxonamizga o‘z ishini yaxshi biladigan, tajribali va mas’uliyatli Bosh hisobchi izlayapmiz.
Bizga shunchaki hisobot topshiradigan emas, balki ishlab chiqarish hisobini to‘g‘ri tashkil eta oladigan, soliq masalalarida mustaqil ishlaydigan va korxonaning moliyaviy barqarorligiga hissa qo‘shadigan mutaxassis kerak.

Sizning asosiy vazifalaringiz:
Ishlab chiqarish korxonasining buxgalteriya va soliq hisobini to‘liq yuritish;
QQS (NDS) hisob-kitoblarini to‘g‘ri tashkil etish va nazorat qilish;
Eksport operatsiyalari bo‘yicha QQSni qaytarish jarayonlarini yuritish;
Soliq imtiyozlarini rasmiylashtirish va ulardan qonuniy foydalanish;
Korxonaning soliq reytingini nazorat qilish va yuqori ko‘rsatkichlarni saqlash bo‘yicha ishlash;
1C dasturida hisob-kitoblarni yuritish;
Soliq va moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirish;
Bank operatsiyalari, shartnomalar va elektron hisob-fakturalarni nazorat qilish.

Biz kimni izlayapmiz?
Ishlab chiqarish korxonalarida kamida 2–3 yillik amaliy tajribaga ega;
QQS (NDS), eksport va soliq imtiyozlari bilan amalda ishlagan;
1C dasturini yaxshi biladigan;
O‘zbekiston soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni kuzatib boradigan;
Ishlab chiqarish tannarxi, xomashyo va tayyor mahsulot hisobini tushunadigan;
Mustaqil qaror qabul qila oladigan, tartibli va mas’uliyatli mutaxassis.
Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?

Ish haqi 7 000 000 so‘mdan boshlanadi. Yakuniy maosh nomzodning tajribasi, malakasi va zimmasiga olinadigan vazifalarga qarab suhbat davomida kelishiladi.
Barqaror faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonasi;
Professional jamoa bilan ishlash imkoniyati;
O‘z bilim va tajribangizni amaliyotda qo‘llash;
Uzoq muddatli hamkorlik.
Biz bilan bog‘laning!
Agar siz ishlab chiqarish buxgalteriyasini yaxshi bilsangiz va yangi ish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgan bo‘lsangiz, rezyumengizni yuboring!