АКБ «Банк развития бизнеса»

Loyiha menejeri – PM Bosh mutaxassis

Не указана
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет

Vazifalar:

  • Ish rejasini tuzish, IT loyihalarini tashkil etish va boshqarish, loyiha rejalarini tayyorlash, muddatlarni kelishish, resurslarni qidirish va taqsimlash;
  • Buyurtmachining talablarini batafsil tahlil qilish, katta vazifalarni kichik, tushunarli bo‘laklarga ajratish va vazifalarni bajaruvchilarga taqsimlash;
  • Loyiha ijrochilari bilan kunlik uchrashuvlar o‘tkazish, vazifalarni belgilangan muddatlar va buyurtmachi talablariga muvofiq bajarilishini nazorat qilish;
  • Loyiha amalga oshirilayotgan barcha bosqichlarida biznes vakillari bilan hamkorlik qilish, loyiha shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
  • Texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;
  • Hujjatlarni yuritish. Loyiha jarayoni va natijalari haqida muntazam hisobotlar tayyorlash;
  • Mahsulotni sinovdan o‘tkazish va natijalarni baholash. Zarur bo‘lsa, optimallashtirish va tuzatishlar kiritish;
  • Bank xizmatlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Yosh mutaxassislarga tajriba o‘rtoqlashish va ularni rivojlantirishga yordam berish.
  • Bir nechta loyihalarni parallel ravishda boshqarish va ularning o‘zaro bog‘liqligini muvofiqlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lish.
  • Axborot xavfsizligi, audit va regulyator talablariga rioya qilish.
  • Talablar;
  • IT yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
  • IT sohasida 3 yillik, loyiha menejeri sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi;
  • BPM tizimlaridan xabardorlik;
  • Jira, Click Up yoki shunga o‘xshash loyiha boshqaruv vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • IT loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha loyiha boshqaruvi tajribasi;
  • Scrum metodologiyasi va Agile muhitida ishlash tajribasi;
  • Vazifalarni samarali delegatsiya qilish va jamoa ishini muvofiqlashtirish qobiliyati;
  • O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilish (biznes muhitida ishlash uchun);
  • Muddatlarga rioya qilish qobiliyati;
  • PMP, Scrum Master yoki boshqa loyiha boshqaruv bo‘yicha sertifikatlarning mavjudligi afzallik sifatida qaraladi;
  • Frontend va Backend jarayonlarini tushunish.
  • SQL yordamida ma’lumotlarni olish va tahlil qilish.
  • UAT, Functional Testing, Bug Tracking va Release Management jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
  • Bank yoki moliya sohasida IT loyihalar bilan ishlash tajribasi afzallik beradi;
  • Jamoada, bosim ostida ishlash qobiliyati, muloqot qobiliyati;
  • O‘z ishiga professional, tanqidiy yondashuv.